Qaşqadaryoda maxsus komissiya viloyat hududida köngiloçar va umumiy ovqatlaniş obektlari soat 22:00gaça işlaşiga ruxsat bergan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 28 iyun kuni Qaşqadaryo viloyat maxsus komissiyasining viloyatdagi epidemiologik vaziyatga bağişlangan yiğilişi bölib ötgan. Unda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan joriy etilgan çeklovlar tasdiqlangan. Faqat Respublika komissiyasi tasdiqlagan bir çeklov özgartirilgan.
Maxsus komissiyaning qarorida joriy yilning 28 iyunidan boşlab respublika böylab köngiloçar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari – kafe, oşxona, çoyxonalar işlaşiga soat 8:00dan 20:00gaça ruxsat berilgan.
Qaşqadaryo viloyatida esa köngiloçar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari – kafe, oşxona, çoyxonalar işlaşiga soat 8:00dan 22:00gaça ruxsat berilmoqda.
Qayd etilişiça, bu özgariş viloyat hokimi tomonidan taklif etilgan va viloyat maxsus komissiyasi tomonidan ma'qullangan.
Bundan taşqari, Qaşqadaryoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar va uşbu infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan şaxslarga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida Qarşi şahridagi «Şörtan gaz kimyo majmuasi» MÇJ balansidagi «Geolog» sport majmuasida taşkil etilgan COVID-19 taqsimlaş markazi faoliyati qayta tiklanadi.
Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va çeklovlarga qöyidagi qöşimçalar kiritildi:
- joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş böyiça çeklovlar örnatildi;
- xavfosti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toşkent şahri aholisining 18 yoşdan katta bölgan barça qatlami özlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarşi Davlat budjeti mablağlari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanişi belgilandi;
- joriy yilning 28 iyunidan boşlab respublika böylab köngiloçar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari – kafe, oşxona, çoyxonalar işlaşiga soat 8:00dan 20:00gaça ruxsat beriladi;













