Kishi ana shunday ulkan orzusiga erishib, uchuvchiga aylanganida, dunyodagi eng go‘zal go‘shalarni ko‘rish imkonini beruvchi eng oldi qatordagi joy «chipta»sini qo‘lga kiritadi.

Polshaning LOT aviakompaniyasi uchuvchilaridan parvoz vaqtida qanday manzaralarga guvoh bo‘lishlarini so‘rashdi. Ular fotoapparatni olib, ana shu savolga javob berdilar. Big picture taqdim etgan suratlar jamlanmasini ko‘rib, uchuvchilar – dunyodagi eng yaxshi fotograflar, degan fikrga borish mumkin. Tomosha qiling va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling.

Frederik Shopen nomidagi Varshava aeroporti. Qo‘nishga tayyorgarlik

Foto: Mixal Mazur, Embraer 170 ikkinchi uchuvchisi, LOT Polish Airlines

Varshavadan Budapeshtga borish marshrutidagi Tatra tog‘lari uzra quyosh botishi

Foto: Emanuel Gjyegoshko, Bombardier Q400 ikkinchi uchuvchisi, LOT Polish Airlines

Varshavaga qo‘nish oldidan Kampinoss o‘rmoni ustidan uchish. Sankt-Peterburgdan Varshavaga boruvchi reys

Foto: Bartosh Tsibixovski, Embraer 175 kapitani, LOT Polish Airlines

Germaniya osmonida quyosh chiqishi manzarasi. Varshava – Nyu-York reysi

Foto: Miroslav Kapitan, Boeing 787 kapitani, LOT Polish Airlines

Qarama-qarshi yo‘nalishda uchayotgan samolyot. Varshavadan Hamburgga kechki reys

Foto: Patrik Byalek, Bombardier Q400 ikkinchi uchuvchisi, LOT Polish Airlines

Shopen nomidagi aeroportda qo‘nish yo‘lakchasiga kirish. Varshava, transatlantik parvoz