Samolyot parvozi inson tanasining barça tizimlariga katta stress keltiradi, ammo yurak-qon tomir tizimiga ayniqsa oğir böladi. Bu haqda terapevt, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Kondraxin «Veçernyaya Moskva» naşriga gapirib berdi.
Mutaxassis sözlariga köra, samolyot yerdan ön minglab metr balandlikda, havosiz böşliqda uçadi. Samolyot osmonga kötarilganda uning içidagi atmosfera bosimi ham pasayadi. Gravitatsion qalqişlar inson tanasiga bosim qiladi, şuning uçun samolyotda ba’zi kasalliklar kuçayişi mumkin.
Kondraxin sözlariga köra, samolyotda odam tanasi suvsizlanadi. Şu sababli, buyraklar faolroq işlay boşlaydi va tanadan suyuqlikni odatdagidan tezroq çiqarib taşlaydi. Bu qon tromblarining paydo bölişiga olib kelişi mumkin.
Terapevtning ta’kidlaşiça, koronar qon oqimi ham buzilişi mumkin, bu esa jiddiy yurak muammolariga olib keladi.
Koronar qon oqimi yomon bölgan odamlar samolyotda kislorod yetişmasligini boşdan keçiradi. Bu yurak xurujining sabablaridan biri bölişi mumkin. Ammo bu koronar yetişmovçilik bor odamlarda yuz beradi.
Yuragi şuntirlangan odamlar samolyotda özini xavfsiz his qilişi mumkin. Parvoz yurak stimulyatori işlaşiga heç qanday ta’sir körsatmaydi.












