Bu — «Buyuk karvon» mahallasidagilarning e'tirofi. Ular mahalla nomini ham özgartirib olişibdi — «Buyuk köllar»!
Oçiğini aytiş kerak, içki yöllar bilan hali-beri maqtana olmaymiz. Ammo har qanday muammoning çegarasi, toqat qilib bölmay qoladigan darajasini anglaymiz. Buyuk karvonliklar xususan, yöl masalasida toqat qilib bölmas vaziyatga kelib qolişgan. Ular yöllar va köçib kirilganiga endigina bir yil tölgan namunaviy uylar holatidan arz qilişmoqda.

«Bu uylar kam ta'minlanganlar uçun möljallangan bölib, ötgan yilning boşlarida köçib kirdik. Hozir bu uylarda istiqomat qilayotganlarning aksariyati haqiqatan ham kam ta'minlanganlar: kimdir yolğiz ona, boşqasi qöl uçida kun köradi, yana biri mavsumiy işçi. Uyning umumiy narxi esa 352 million 960 ming 515 sömni taşkil etadi.
Oyiga bir-bir yarim million söm daromad bilan işlayotganlar bor. Ularga yaşaş, uylarning kreditini tölaş qançalik oğir ekanini tasavvur qiliş qiyin bölmasa kerak. Demoqçimanki, şunça maşaqqat bilan olgan uyimizda ham halovat körmayapmiz. Noqulayliklar yuzaga kelyapti, sifatsiz qurilgani uçun uy devorlari nurab boryapti», — deydi Mohiçehra Nizomova.


Namunaviy uylarni isitişning imkoni yöq. Qozonxonalarni ötin yordamida isitişga urinib körganlarning allaqaçon hafsalasi pir bölgan. Ular butun qiş davomida qölbola peçlardan foydalanib, uy isitişgan. Qozonxonada ötin yoki kömir yoqişsa, uyning içi dudga tölib ketadi. Deyarli barça xonadonlarda şu holat kuzatilgaç, ular qozonxonadan omborxona sifatida foydalana boşlagan.

«Ikki yuz metrça naridan tabiiy gaz ötgan. Oyoğimiz tagidan oqib ötayotgan ne'mat bizga nasib qilmaydi. Bizning nima aybimiz bor?!», deya tabiiy gaz quvurlari ötgan tomonga işora qildi Şokir ota Ergaşev.

Namunaviy uylarda yaşayotgan buyuk karvonliklar uyiga mehmon çaqirganda, mana şu yöllardan ötib borişlariga töğri keladi.


















