Poytaxtdan Çinozga ketaverişda, katta yölning çap tomonida temir antennalarga közingiz tuşgan, albatta. Şu yerda Quyoşli degan qişloq bor. 2012-2013 yillarda Quyoşliga tutaş joyda namunali uylar quriş boşlandi. Quriliş turli sabablarga köra uzoq davom etdi. Hozir Maftunkor deb nom olgan uşbu aholi maskanidagi uylarning 50 foizida uy egalari yaşasa, qolganlari yo böş turibdi yoki ijaraga berilgan. Xöş, nega, degan savol tuğiladi. Sababi köp. Masalan, hovlilarga suv ötkaziş tizimi tortilgan, ammo kelayotgan suvni içib bölmaydi — şör, qattiq, ovqatni taxir qiladi, tomorqaga qöysang, yerga tuz sepilgandek oqarib, şörlab ketadi. Transporti borlar poytaxtdan suv taşib içişadi, qolganlar esa peşonamdan kördim, deya şu suvga qanoat qilişadi.

Kottejdagilar (qöşni qişloqda yaşovçilar namunali uylarda yaşovçilarni şunday nomlaşgan) içimlik suvini yaxşilaş uçun avval turli idoralarga, keyin Virtual qabulxonaga yozişdi, tuman hokimi bilan bölgan uçraşuvda aytişdi. Ozgina harakat boşlandi. Suratda körib turganingizdek, çerepitsadan qölbola suv tozalaydigan “budka” örnatişdi. Boçkadagi xlorni tomçilatib göyoki suvni zararli moddalardan tozalaşmoqçi bölişdi. Ammo bu usul özini oqlamadi, “qaysar” suv yumşab, içimlik suviga aylanmadi. Ha, aytganday, maftunkorliklar suvni tekşiritirib körişganda, u belgilangan me'yor talablariga javob bermasligi aniqlandi. Kottejlar uçun suv yetkazib beradigan artezian quduği Quyoşlidagi köp qavatli uylardan çiqadigan oqava suvlar töplanadigan, özbekçasiga aytadigan bölsak, hovuz yaqinida qurilgan. Mana, bir neça yildirki, kanalizatsiya quvuri yorilib, atrofga badböy hid taratib yotibdi. Tabiiy, u yerga sizib artezian quduğidagi suvga qöşiladi. Xullas, mutasaddilarning va'dalari va'daligiça qoldi.

Ikkinçi sabab, transport tizimining yölga qöyilmagani. Poytaxtga qatnab öqiydigan, işlaydiganlar köp. Şaharga 15 daqiqalik yölda joylaşgan qişloqning odamlari 500-700 metr yayov yurib, keyin transportda poytaxtga borişga majbur, qaytişda ham şu ahvol.
Uçinçi sabab, uylarning juda sifatsiz qurilgani. Foydalanişga topşirilganiga heç qança vaqt bölmay, uylarning buyoqlari köçib, yölakçalar sement kam qöşilganidan nurab ketayotir. Hatto, ba'zi uylarning devorlari yorilib ketgan. Misol uçun, 11-uyning egasi Saidxöja Pölatxöjayevning aytişiça, uyiga köçib kirişga çöçimoqda. Darhaqiqat, 11-uyning köça tomonida, içkarida sezilarli yoriqlar paydo bölgan. 88 va 91-uylarda ahvol bundan-da battar. Uy egalari mutasaddilarga aytaverib, hafsalalari pir bölgan.














