«Naqdlaştiruvçi firma»larni aniqlaş yuzasidan amaliyotga joriy qilingan yangi mexanizmni aholi va tadbirkorlik sub'yektlari örtasida tuşuntiriş işlarini qoniqarsiz olib borgani, şuningdek, soliq tölovçilar bilan yetarli darajada işni taşkil etmagani uçun Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Toşkent şahar DSB Kameral nazorat va QQS ma'murçiligi bölimlari hamda DSQ Matbuot xizmati boşliqlariga hayfsan berilgan.

Avvalroq, Davlat soliq qömitasi «naqdlaştiruvçi firmalar» bilan kuraşişni boşlagani ma'lum qilingandi.

16 fevral kuni hisobraqamiga band solingan 57ta firmada ötkazilgan soliq tekşiruvlari natijasida 52ta korxona yoki 91,3 foiz hollarda soxta operatsiyalarni amalga oşiriş faktlari tasdiqlangani ma'lum bölgan.

Şuningdek, DSQ tomonidan şakllantirilgan şubhali soliq tölovçilari röyxatiga kiritilgan 396ta soliq tölovçilar bilan hamkorlik qilgan qariyb 10 mingga yaqin xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan 1 trillion sömga yaqin QQS summasi hisobga olingan holda budjetga tölanmagani yuzasidan tadbirkorlarning noroziligi haqida ma'lumot berilgandi.