Oçiq osmon ostida yaşayotgan xorazmliklar. Şahar hududida «snos» işlari avjiga çiqmoqda
|23:05 / 19.07.201969 27410 min
Yaqinda Xorazm viloyati, Urganç tumani, Aşxobod mahallasida yaşovçi bir neçta fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Murojaatda yozilişiça, ular yaşab turgan hududda davlat va jamoat ehtiyoji uçun maqsadli quriliş işlari boşlanişi rejalaştirilgan. Şu sabab hozirda buziş işlari boşlab yuborilgan. Lekin aholini köçiriş, ularga mulk beriş, zararlarini qoplaş va boşqa masalalar böyiça qonunlarga töliq amal qilinmayapti.
Murojaatni Urganç şahridan taşqaridagi aholi köçib borgan joylarni örganişdan boşladik. Bu yer Urganç tumaniga qaraşli Çandirqiyot qişloği deb nomlanarkan.
Avval qurilgan namunali uylar yaqinida yaqinda köçib kelgan Aşxobod mahallasida yaşagan köplab xonadon vakillarini uçratdik. Ba'zilari hokimiyat tomonidan berilgan kompensatsiya puliga quriliş işlarini boşlab yuborgan. Ustalar javlon urib işlamoqda.
Ayrim fuqarolar eski uyi qoldiqlari bölgan yoğoçlardan çaylaga öxşaş vaqtinçalik şiyponlar qurib olişgan. Şiyponning birinçi xonasida ovqat tayyorlaşsa, ikkinçisida ovqatlanişadi, televizor körişadi. Boşqa biridan esa yotoqxona sifatida foydalanişadi. Özbekiston kelajaklari bölmiş bolalar tahsil oladigan şahar maktablariga şu yerdan qatnaşmoqda. Hatto aholi özi bilan maişiy texnikalarigaça olib kelgan. Aynişi mumkin bölgan mahsulotlarni muzlatgiçda saqlaydi-da. Öşa yerdagi elektr ustunlaridan sim tortib tokdan ehtiyojlari uçun foydalanişmoqda. Ha, bu yerda rostdan ham insonlar yaşamoqda.
Vaziyatni yanada çuqurroq örganiş uçun öşa yerda yaşayotgan fuqarolarning bir neçtasi bilan suhbatlaşdik. Ulardan biri Aşxobod mahallasi 584-uyda yaşagan ayol bölib, bundan 20 kun avval köçib kelgan. Bu yerda farzandlari bilan yaşaydi. Turmuş örtoği Rossiyaga işlagani ketgan.
Uning aytişiça, ularning buzilgan uyi baholovçi taşkilot tomonidan 230 million sömga baholangan. Şundan 10 foizi (taxminan 24 million sömi) köçiriş, quriliş materiallari va boşqa xizmatlarga uşlab qolingan. Mahallada buziş işlari 1,5 oy avval boşlangan bölsa-da, haligaça ularga pul mablaği berilmagan. Ayol kunda moliya bölimi va boşqa taşkilotlarga qatnab sarson bölmoqda. Ayolning aytişiça, şahar hokimi Şuxrat Abdullayevdan yordam sörab qabuliga borsa, odatda uni tinglamaydi.
Mavzuga oid
Sal nariroqda oilasi bilan yaşayotgan, ilgari Aşxobod mahallasi 502-uyda yaşagan Töti Ibragimovadan ham izoh oldik. Uning ikki yon qöşnisi namunali uy olib köçib çiqqanidan söng, ularning mulklari buzib taşlangan. Keyin bu oila ham şu yerga köçib ötişga majbur bölgan. Buziş işlari haqida oğzaki ogohlantirilgan. Ularning ham 142 million sömga baholangan mulkining qiymatidan 10 foizi köçiriş işlari va boşqa xarajatlarga deb uşlab qolingan. Biroq ularga qolgan summaning yarmi (64 million söm) berilgan. Qolgan 50 foiz summa tegişli taşkilotlarga qarzi mavjud emas degan hujjatni topşirsa, 15 iş kunidan keyin berilişi tuşuntirilgan.
«Turmuşidan ajrab kelgan qizimning kasal farzandiga issiqlarda qarab ötiribman. Şu bolam uçun vaqtinçalik yaxşiroq joy ajratib beringlar desam dodimni heç kim eşitmadi», - dedi Töti Ibragimova. Ularga ham 4 sotix yer sizlarniki deb körsatilgan, lekin yerga egalik huquqini beruvçi birorta hujjat berilmagan. Yana bir neçta oila vakillari bilan uçraşdik. Ular ham deyarli xuddi şu gaplarni aytişdi.
Biz suhbatlaşgan oilalarning aksariga yerga egalik huquqini beruvçi birorta hujjat berilmagan. Vaqtinçalik yaşab turişga eskiroq bino bölsa ham ajratilmagan. Ular oçiq osmon ostida çayla qurib yaşaşmoqda. Köplariga kompensatsiya pullarining yarmi berilgan. Köçiriş işlariga deb baholatilgan summaning 10 foizi uşlab qolinmoqda. Yana ba'zi fuqarolarga bir söm ham pul ajratilmagan hollar ham mavjud. Vaholanki, uylari allaqaçon buzib taşlangan.
Ular bilan tuzilgan kelişuv şartnomalarini közdan keçirdik. Fuqaro Yuldaşbay Kurambayev va şahar hokimi örtasida joriy yilning 23 iyun kuni kelişuv şartnomasi tuzilgan. Maxsus komissiya xulosasi, Urganç şahar hokimi qarori va uşbu şartnomaga muvofiq Urganç şahar hokimi fuqaroning arizasiga asosan barça quriliş materiallarini qiymatini çegirgan holda, uy-joyi (kvartira)ning ijara haqi bilan birga töliq kompensatsiya puli 143 042 000 sömni, 50 foiz miqdori oldindan beriladi. Qolgan qismi turar-joyi (kvartirasi) buzilib, ularning yer maydoni tozalanib, yangi qurilişga yaroqli holga keltirilib, bu haqda şahar komissiyasi tomonidan dalolatnomalar tuzilib taqdim qilinganidan keyin qoplab beriladi. Odamlar soni va boşqalardan qat'i nazar, 4 sotixdan yer maydoni ham ajratiladi deyilgan. Şuningdek, hokimlikka yer, pul, mulk va boşqa masalalar böyiça heç qanday e'tiroz yöqligi yuzasidan fuqaro imzosi olingan.
Yuqoridagilarni öz közimiz bilan körganimizdan söng, Aşxobod mahallasiga bordik. U yerda hali ham buziş işlari davom etardi. Şahar hokimi Şuxrat Abdullayevdan tuşuntiriş oldik. U qöl ostidagi mas'ul şaxslar bölayotgan quriliş-buziş işlari, kompensatsiya va boşqa masalalar yuzasidan tuşuntiriş berişini aytib ötdi.
«Urganç şahrining boş rejasiga asosan Aşxobod mahallasi sanoat mintaqasi hududi hisoblanadi. Bu yerlarda 50-60 yillar avval aholi köçib kelib örnaşib qolgan. Bu yer temiryöl ötgan 32 gektarli maydon hisoblanadi. Uylar umuman talablarga javob bermaydi, juda xarob holga kelib qolgan. Hozirda bu yerdagi aholi töliq köçirilib, örniga bir neçta işlab çiqariş obektlari qurilişi rejalaştirildi. Misol uçun, umumiy maydonning 4 gektar qismiga texnopark quriladi. Loyiha töliq işga tuşirilsa, 1000 ga yaqin yangi iş örni yaratiladi.
Hozirda aholiga berilgan Urganç tumani hududi boş rejaga asosan keyinçalik şahar hududiga qöşib olinadi. Bu yerda 394 xonadonda 700 oila istiqomat qilib kelgan. Ularning ba'zilariga namunali uylar ajratilgan, qolganiga yer ajratilib kompensatsiya mablağlari berilmoqda», - dedi Urganç şahar boş arxitektori Bahodir Otajonov.
Söngra Urganç şahar moliya bölimi mudiri örinbosari Otabek Bobojonovdan izoh oldik.
«Hozirga qadar mahalla fuqarolariga 14 milliard 220 million söm berildi. Hammasi kelişuv şartnomasi böyiça amalga oşirilmoqda. Avvaliga baholangan summaning yarmi berilmoqda. Komissiya talablari bajarilganidan keyin qolgani ham ötkazilmoqda. Puldan muammo bölgani yöq.
Otabek Bobojonov
10 foiz mablağ masalasiga kelsak, uyi buzilganidan keyin qayta qurilişga işlatilişi mumkin bölgan materiallar qolmoqda. Ma'lum mablağlar ularning roziligi bilan şu materiallar uçun uşlab qolinyapti. U yerda foizlar har xil böladi. Köçirişga texnika berilmoqda, yordamlaşilmoqda», - dedi u.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarori asosida «Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi töğrisida» nizom tasdiqlangan.
Uning 4-bandiga köra, tegişli tumanlar (şaharlar) hokimliklari Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining yer uçastkasini olib qöyiş, yer uçastkasida joylaşgan uylar, işlab çiqariş imoratlari va boşqa imoratlarni, inşootlarni buziş va dov-daraxtlarni köçirib taşlaş töğrisidagi tegişli qarorlari nusxalarini bildirişnomaga ilova qilgan holda, buziş boşlangungaça 6 oydan keçikmay, imzo qöydirib uylar, işlab çiqariş imoratlari va boşqa imoratlar, inşootlar va dov-daraxtlar mulkdorlarini qabul qilingan qaror töğrisida yozma ravişda xabardor qilişi şart. Demak, mulkdor mulki buzilişidan kamida 6 oy avval yozma ravişda ogohlantirilişi kerak. Ular bu tartibga amal qilganmi? Afsuski, yöq.
Nizomning 12-bandiga köra, ayrim hollarda, buzilayotgan uy (kvartira), imoratlar, inşootlar va köçirilayotgan dov-daraxtlar egasining xohişiga köra, uy-joyni buzişdan olingan materiallar tegişli tumanlar (şaharlar) hokimlari qaroriga binoan mulkdorga berilişi mumkin. Bu holda komissiya mulkdorga beriladigan buzişdan olingan materiallar qiymatini buziş vaqtida amalda bölgan bozor narxlari böyiça ularning eskirganligini hisobga olgan holda belgilaşi kerak. Ya'ni mulk egasining xohişiga köra, buzişdan olingan materiallar qiymati hisobga olinişi zarur. Majburiy emas. Nizomda barçasi töliq va aniq tuşuntirib qöyilgan.
Yoz faslining örtasi, havo qiziganidan-qizib bormoqda. Boz ustiga Xorazm respublikadagi eng issiq mintaqalardan biri hisoblanadi. Bunday issiqda oçiq osmon ostida yaşaşning özi böladimi? Nega şahar hokimligi bularni hisobga olmadi? Nega ularga vaqtinçalik yaşab turiş uçun joy beriş çoralarini körmadi?
Fuqarolarning ba'zilari uyi buzib taşlangan, ammo kompensatsiya pullarini hali olmaganini aytmoqda. Ularga pullari qaçon töliq ötkazib beriladi? Hokimliklar qaçon Vazirlar Mahkamasining 97-sonli qaroriga töliq amal qilişni boşlaydi?
Kuzdan keyin qiş ham kelib qoladi. Lekin ulardan ba'zilarining boradigan joyi ham yöq. Oddiy maşinalar 100 million sömdan qimmatga sotilayotgan bir paytda berilgan bu pullarga 3-4 oy içida 5-6 kişilik oila uçun ijaraga vaqtinça yaşab va uy quriş mumkinmi? Bu savollarga hozirça töliq javob ololmadik.
Vazirlar Mahkamasi, tegişli vazirliklar va huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlardan bu borada izoh kutib qolamiz va öşa yerdagi fuqarolarning keyingi taqdiri ham davlat nazoratiga olinadi degan umiddamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi