Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi
Qatar tomoni turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidladi.
O‘zbekiston fuqarolari Qatarga ishga yuboriladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi va Qatarning Jusour bandlik agentligi rahbariyatlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qatar tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanini va turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidladi.
“O‘zbekiston Qatar davlati uchun har sohada strategik hamkor mamlakat hisoblanadi. Shu bois yurtingizdan malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ham katta rejalarimiz bor”, dedi Qatarning Jusour bandlik agentligi rahbari Abdulhodiy Bihayt Barqon.
Uchrashuvda ikki tomon ushbu imkoniyatlardan foydalanib, O‘zbekiston fuqarolarini Qatar davlatida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hamkorlik shartnomasini tez kunlarda imzolashga kelishib oldi.

Jusour bandlik agentligi Qatar hukumatiga tegishli bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektorlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026