«Jamoat transportlari oynalarini qoraytiriş haqida»gi elektron jamoaviy murojaat «Mening fikrim» veb-portalida 1 sutka içida 10 mingdan ortiq ovoz töpladi.

Eslatib ötamiz, petitsiyada jamoat transportlari, ya'ni avtobus va boşqa yönalişli transport vositalarining oynalarining yoruğlik ötkazişini kamida 50 yoki 60 foizgaça söndiriş taklif qilingan edi.
Petitsiya portalga 29 iyun kuni joylangan bölib, 18 iyul kuni bor-yöği 28 ta ovoz töplagan edi.
Murojaatlar belgilangan 90 kunlik muddatda yetarli ovoz (10 000) töplasa, vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegişli tartibda körib çiqiladi.













