Eron madaniyat vazirining örinbosari, Kino taşkiloti rahbari Muhammad Xazaiy boşçiligidagi uşbu davlat delegatsiyaning «Ipak yöli durdonasi» XV Toşkent xalqaro kinofestivalida iştiroki taşkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Eron delegatsiyasini Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qabul qildi. Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida madaniyat va kino sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston va Eron örtasidagi tarixiy aloqalarni inobatga olib, Alişer Navoiy va Şarofiddin Ali Yazdiy kabi buyuk ajdodlar haqida hamkorlikda filmlarni suratga oliş masalalari xususida fikr almaşildi.
Muhammad Xazaiy, şuningdek, Özbekiston va Eronda özaro kinohaftaliklarni ötkaziş taklifini bildirdi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Kinematografiya agentligi va Eron Kino taşkiloti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.








