O‘zbekiston | 10:00 / 17.03.2021
1956
1 daqiqa o‘qiladi

«Navoiyazot»ning «sariq tutuni»dan namuna oladigan va tahlil qiladigan qurilma o‘rnatildi

«Navoiyazot» aksionerlik jamiyatining azot kislotasi ishlab chiqarish sexida atmosfera havosini ifloslantirish manbalaridan namuna oladigan va tahlil qiladigan avtomatik stansiya o‘rnatildi. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, to‘rtinchi avlod texnologiyasi bo‘lgan mazkur stansiya ishlab chiqarish jarayonini avtomatik ravishda boshqarib turadi. Ushbu jarayonni onlayn kuzatish imkoniyati ham bor. 

Stansiyaning sozligi doimiy ravishda viloyat Ekologiya boshqarmasi atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limining va «Navoiyazot»ning laboratoriyalari tomonidan tekshirib turiladi.

Kelajakda viloyatdagi boshqa ifloslantirish manbalarida ham shu kabi qurilmalarni o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid