O‘zbekiston | 11:01 / 21.07.2020
68534
3 daqiqa o‘qiladi

Rasul Kusherbayev: «O‘zavtomotors» yuzi qizarmay, tez yordam uchun ham avtomobillarini otni kallasidek narxda sotyapti»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekistonda pandemiya tufayli kechayotgan og‘ir vaziyat va shunday paytda ham tez yordam uchun avtomobillarini juda qimmat narxda sotishda davom etayotgan «O‘zavtomotors»ga jiddiy e'tirozlarini bildirdi.

Xususan, «Shu sinovli kunlarda yurtdoshlarimizga yengil bo‘lishi uchun barcha qo‘lidan kelguncha dori-darmon, tibbiy uskunalar olish uchun o‘z yonidan xayriya qilayotgan yoki beminnat xizmat ko‘rsatayotgan bir vaqtda bizni erkatoy monopolimiz «O‘zavtomotors» yuzi qizarmay, tez yordam uchun ham avtomobillarini otni kallasidek oshirilgan narxida sotishda davom etayapti», – deb yozadi u o‘z telegram kanalida

Kusherbayev bu borada Farg‘ona viloyati hokimligi viloyat aholisi uchun 20 ta yangi «Damas»larni 75 mln. so‘m atrofida sotib olib, «tez yordam»ga topshirganini misol sifatida keltirgan.

«Shu «O‘zavtomotors»ga ham hayronsan. Rossiyaning Ufasida avtomobillari ochiqda qolib chirib yotsa ham o‘z xalqi uchun jilla qursa «Damas»laridan bepul yoki imtiyozlar bilan berish qiyinmi? 

«24 yil davomida xalqimiz bilan birgamiz», deb ko‘kragini kerayotgan bu monopol hech bo‘lmasa shu og‘ir kunlarda haqiqatan xalqi bilan birga ekanligini isbotlasa bo‘lardi.

 Axir shuncha yil shu xalq hisobidan yallo qilib yashadi, ertaga shu xalq bo‘lmasa uni «erka»ligini kim ko‘taradi, defektlar bilan chiqayotgan, otni kallasidek qimmat mashinalarini kim oladi, albatta shu xalq oladi. Pulini to‘lab oylab kutadigan Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina xalqi emas, shu xalq oladi, shu xalq minadi. Shu kasal bo‘layotgan odamlar bo‘lmasa hech kimsan «monopol do‘stim», – deydi deputat.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 