“UzAuto Motors” AJning Asaka zavodida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan “Antikorrupsiya oyligi” doirasida oçiq eşiklar kuni taşkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati Asaka tumani Adliya bölimi boşliği I. Ergaşev, tuman IIB jinoyat-qidiruv bölimi katta tezkor vakoli kapitan B. Sattarov, Andijon davlat Texnika instituti talabalari, Asaka maşinasozlik va transport texnikumi öquvçilari, dilerlik korxonalari rahbarlari hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Tadbir avvalida “UzAuto Motors” AJ boş direktori Yanoş Kovaç kompaniyada korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça olib borilayotgan işlar va jamiyatning bu boradagi pozitsiyasi haqida ma’lumot berdi. U xalqaro korrupsiya körsatkiçlari, reytinglar va ularning ahamiyati, xususan, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga kiriş paytida bu reytinglardagi örinni mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi. Ma’lum qilinişiça, Özbekiston global korrupsiyaga qarşi kuraş reytingida 180 ta davlat orasida 121-örinda joylaşgan va 100 balli tizimda 32 ball töplagan.

Şundan söng Komplayens xizmati boş nazoratçisi Niyozbek Boymirzayev 2025 yilning 9 oyi böyiça natijalari haqida taqdimot qildi. U kompaniyaning korrupsiyaga qarşi siyosatini va amalga oşirilgan işlar samaradorligini bayon etdi. Sönggi 3 yilda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan yuritiladigan reytingda 86 ball ijobiy natijaga erişilgan, şu davrda 8 ta siyosat, 4 ta tartib, 2 ta uslubiyat va 1 ta kodeks işlab çiqilgan.

Şuningdek, 41 nafar komplayens xizmati xodimi huquqni muhofaza qiliş akademiyasida onlayn öqitilib, sertifikat olgan, komplayens xizmati tomonidan 400 ga yaqin kontragent taşkilot tekşirilgan va ulardan 28 tasiga salbiy xulosa berilib, jarayon töxtatilgan. Xodimlarga korrupsiyaviy xatarlar tuşuntirilgan va ular beş yönalişda tahlil qilingan.

Tadbir davomida manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, deklaratsiyalar, xabarnoma va reyestrlarni yuritiş jarayonining töliq raqamlaştirilgani, xodimlar komplayens siyosati, uslubiyat va yöriqnomalar böyiça muntazam öqitilişi ham ta’kidlandi. Kelasi yil sun’iy intellekt tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda, bu kontragentlarni aniqlaş, korrupsion xavflarni kamaytiriş va jarayonlarni töliq raqamlaştirişga xizmat qiladi.












