Bayrutdagi dahşatli portlaş: behisob qurbonlar va kelajak qarşisidagi xavotirlar
|18:34 / 05.08.202082 61113 min
Livan poytaxti Bayrut şahrida 4 avgust kuni röy bergan ikki portlaş oqibatida 100dan oşiq kişi halok bölgan, 4 mingdan ortiq kişi jarohatlangan, şahardagi bir neça kvartal butunlay vayron bölgan. Hukumat bergan bayonotga köra, şaharning port hududida saqlangan nitrat ammoniyning (ammiak selitrasi) katta partiyasi portlagan, bu moddalar köp vaqtdan buyon tegişli xavfsizlik çoralari körilmagan holda saqlangan.
Foto: AP Photo/Hussein MallaFoto: AP Photo/Hussein Malla
Qutqaruvçilar taqdiri noma'lum bölib qolayotgan yuzdan ortiq kişini qidirişda davom etmoqda. Portning ayrim xodimlari portlaş natijasida dengizga uloqib ketgan.
Bayrutda ikki haftalik favqulodda holat joriy etilişi kutilmoqda. Daily Star naşri xabariga köra, mudofaa oliy kengaşi favqulodda vaziyat vaqtida xavfsizlik böyiça javobgarlikni armiyaga topşirişga çaqirgan.
Hukumatning bir neça yil davomida mas'uliyatsiz bölgani va harakatsizlik qilgani portlaşga sabab bölgani aytilmoqda.
«Bu beparvolik», - deya öz manbasi sözlarini keltirmoqda Reuters. Agentlik bir neça qömita va sudyalar 2750 tonna miqdoridagi selitradan iborat yukni saqlaşdagi muammolarni körib çiqişini qayd etgan. Manbada aytilişiça, pirotexnika saqlanadigan omborda boşlangan yonğin selitra saqlanayotgan omborga ötgan.
Portlaş oziq-ovqat inqirozini yuzaga keltirişi mumkin - Livan zarur mahsulotlarning aksar qismini import qiladi, buğdoy zaxirasining katta qismi portdagi omborxonalarda saqlangan. Livan iqtisodiyot vaziri portdagi omborxonalarda qolgan buğdoy iste'mol uçun yaroqsiz holga kelganini ma'lum qilgan, şuningdek, vazirlikning omborxonalardagi xodimlari portlaş vaqtida halok bölgan.
Hodisadan keyin köp sonli guvohlar ijtimoiy tarmoqda portlaş videolarini tarqata boşladi, kadrlarda port hududida avvaliga quyuq tutun ustuni hosil bölgani, keyin kuçli portlaş röy berib, havoda qöziqorin şaklidagi bulutlar kötarilganini köriş mumkin. Portlaş tölqini köplab binolarga jiddiy şikast yetkazdi, port atrofidagi bir neça kilometrlik hududda joylaşgan binolar vayron böldi, avtomobillar har tomonga uloqib ketgan.
Mahalliy naşrlarning ma'lumotlariga köra, qurbonlar soni ösişi mumkin, vayronalar ostida qolib ketgan odamlarni qidiriş işlari olib borilmoqda.
Voqea joyida bölib turgan BBC muxbiri Bayrut porti jiddiy şikastlangani, yaqin orada uning faoliyati tiklanmasligi haqida xabar bergan. Bu amalda barça zarur mahsulotlarni import qiluvçi mamlakat uçun jiddiy zarba böladi.
«Atrofda joylaşgan barça binolar vayron bölgan. Men oyna siniqlari ustidan va tutunlar orasida yurib bordim», degan guvohlardan biri «Frans press» agentligiga.
Ofat hududi
Portlaş şu qadar kuçli bölganki, uning ovozi Örta yer dengizida joylaşgan, Bayrutdan 240 kilometr uzoqlikda joylaşgan Kiprda ham eşitilgan.
Mavzuga oid
Livandagi Qizil Xoç jamiyati Bayrutdagi şifoxonalar jarohatlanganlar bilan tölib-toşgani haqida xabar bergan.
Livan prezidenti Mişel Aun mamlakatda uç kunlik motam e'lon qilgan, şuningdek hukumat tomonidan halokat oqibatlarini bartaraf etiş uçun 100 mlrd lira (66 mln dollar) ajratilişini va'da qilgan. Bayrut ofat hududi deb e'lon qilindi, hukumat bu holatda xavfsizlikni ta'minlaş uçun armiyadan foydalaniş huquqiga ega böladi.
Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi portlaş tölqini oqibatida uşbu mamlakatdagi elçixonasi şikastlangani va konsul yengil jarohat olganini ma'lum qilgan.
Şuningdek, TASS agentligi xabariga köra, portlaş Rossiyaning Bayrutdagi elçixonasiga ham ta'sir körsatgan, bir xodim jarohat olgan.
BMT portlaş oqibatida taşkilotning Livandagi tinçlikparvar missiyalarini bajaruvçi harbiy kemasi şikastlangani, bir neça harbiy xizmatçi jarohat olgani haqida ma'lum qilgan. Jarohatlanganlar orasida Germaniya elçixonasi xodimlari ham bor.
Aunning ma'lum qilişiça, portda 2014 yildan buyon 2750 tonna miqdoridagi nitrat ammoniy saqlanib kelingan (avvalroq, bu selitra musodara qilingan mahsulot ekani aytilgan edi). U aybdorlarni aniqlab, jazolaşga çaqirdi. Mamlakat boş vaziri Hasan Diab ham portlaş xavfi bölgan modda musodara qilingan bölgani va 6 yil davomida tegişli xavfsizlik çoralari körilmagan holda saqlanganini tasdiqladi.
AP Photo/Bilal Hussein
Nitrat ammoniy nima?
Nitrat ammoniy - ammiak selitra nomi bilan maşhur bölgan modda bölib, undan, odatda öğit va portlovçi moddalar tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi.
U oçiq olov bilan aloqaga kirişganida juda kuçli portlaş hosil qiladi. Ammiak selitra portlaşidan keyin atmosferaga toksik gazlar, xususan, azot oksidi va ammiak buğlaridan iborat zaharli gazlar tarqalişi mumkin.
Bu moddalar juda xavfli bölgani tufayli uni saqlaşda qat'iy talablarga rioya etiş kerak böladi. Şulardan biri - nitrat ammoniy saqlanadigan binoda yonğin xavfsizligi ta'minlangan bölişidir, bu binoga qandaydir quvurlar ulanmagan bölişi, unda portlovçi moddalar töplanişi mumkin bölgan teşiklar yoki boşqa qandaydir kanallar bölmasligi kerak.
Ekspertlar portlaş vaqtida portda qizil rangli tutun hosil bölganiga asoslanib, u yerda aynan ammiak selitrasi portlagani haqida xulosa berişgan.
OAV versiyalari
AP Photo/Bilal Hussein
Livandagi LBC International telekanali öz manbasiga asoslangan holda, mamlakat xavfsizlik kengaşi yiğilişi vaqtida prezident Aun hodisa sababi böyiça e'lon qilgan versiyani keltirgan. Unga köra, portda payvandlaş işlari olib borilayotgan vaqtda pirotexnika vositalari alangalangan, şundan söng olov nitrat ammoniyga yetib borgan. Hozirça bu ma'lumot rasman tasdiqlangani yöq.
Bundan taşqari, TASS agentligi öz manbasiga asoslanib xabar berişiça, portlagan selitra Bayrutga Afrikaga xavfli portlovçi yuklar taşigan Moldovaning Rhosus kemasida kelib qolgan, kema 2014 yilda Livan hukumati tomonidan yuk taşiş qoidalari buzilişi tufayli töxtatilgan.
TASS ma'lumotiga köra, kema ekipaji ukrainlar bölgan, ammo 2014 yil martida «Interfaks» agentligi Livanda Moldovaning Rhosus nomli yuk kemasi qölga olingani, unda nitrat ammoniy taşilgani, bortda esa rossiyalik dengizçilar bölgani haqida xabar bergandi. Öşanda ular portda oziq-ovqatsiz qolib ketganidan şikoyat qilişgandi.
LBC International telekanali Livan oliy mudofaa kengaşiga asoslanib xabar qilişiça, Bayrut portida 2014 yilda «Rosus» kemasidan musodara qilingan 2750 tonna ammiak selitra portlagani haqida xabar tarqatgan.
«Rosus» Bayrutda 2750 tonna ammiak selitrasi bilan qölga olingani haqida avvalroq shiparrested.com (.pdf) sayti xabar qilgandi. «Rosus» öşa vaqtda xabarovsklik tadbirkor Igor Greçuşkinga tegişli bölgan.
2013 yilda «Rosus» kemasi Moldaviya bayroği ostida Gruziyaning Batumi portidan çiqib, Mozambikka yöl olgan, kema yölda texnik nosozlik tufayli Bayrutdagi portga kirişga majbur bölgan. Livan hukumati kemaga dengizga çiqişga ruxsat bermagan. Ekipajning katta qismi qöyib yuborilgan, bortda tört dengizçi qolgan, ular faqat bir yil ötib Bayrutdan keta olişgan. Ularning sözlariga köra, Igor Greçuşkin «kemani öz holiga taşlab qöygan».
Ammiak selitrani saqlaş tavakkalçiligi tufayli «Rosus» portdagi omborlardan biriga joylaştirilgan. MarineTraffic xizmati ma'lumotiga köra, kemaning joylaşuvi sönggi marta 2014 yilda qayd etilgan — u hozirgi portlaş röy bergan hududda turgan.
Guvohlar nima deydi Xadi Nasrulloh, BBC uçun intervyu bergan guvoh:
Men olovni kördim, ammo hali portlaş röy bermagandi. Biz içkariga kirdik. Tösatdan quloğim heç narsani eşitmay qoldi, çunki biz juda yaqin hududda edik. Yana nimadir röy bergani aniq edi.
Tösatdan yaqinimizda turgan maşinalarning oynalari tökilib tuşdi. Köçadagi boşqa maşinalarning ham, dökonlar va uylarning ham. Şunçaki hammayoqda deraza şişalari uçayotgandi.
Bayrutda hamma öz yaqinlariga qönğiroq qila boşladi - hammayoqda bir xil holat edi: derazalar singan, binolar titrab ketgan. Portlaş juda kuçli bölgan.
Biz dahşat içida qolgandik, çunki odatda portlaş faqat bir hududda sezilardi. Bu safar esa butun şahar, balki şahar taşqarisida ham sezildi.
Sunniva Rouz, jurnalist:
Biz Bayrutga maşinada keç tuşmasdan kelgandik. Şahar hali qoronği emasdi, hammayoqda tartibsizlik, xaos hukmron edi. Köçalar singan oynalar bilan tölgan. Tez yordam maşinalari bu köçalarda harakatlanişga qiynalar - hammayoqda ğişt parçalari, beton bölaklari tölib ketgandi. Butun uylar qulagandi.
Biz port hududiga yaqinlaşganimizda, u yerni harbiylar örab olgan ekan. Ular uzoqroq turişni, yana portlaş röy berişi mumkinligini aytişdi.
Qoronği tuşgança port ustini quyuq tutun qoplab turdi. Butun şahar qora edi. Köçalardan yurib ötiş juda qiyin edi: bizni qonga belangan odamlar kutib olardi. Men bir şifokor 86 yoşli ayolga yordam körsatayotgani ustidan çiqdim, u apteka qutisini kötarib uyidan yugurib çiqqandi. Maşinalar toşlar uyumi ostida qolgan.
Mening şaxsiy kvartiramning ham oynalari sinib ketgan. Zarar kölami bemisl.
AP Photo/Bilal Hussein
Dunyodagi reaksiya
Livan boş vaziri Hassan Diab dunyo mamlakatlaridan yordam söradi. «Men döst va birodarlarimizdan Livan bilan birga bölişni va bizning bu oğir jarohatimizni davolaşda yordam körsatişni sörayman», - degan u.
Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson tvitterida şunday dedi: «Men bugun Bayrutdan kelgan suratlar va videolavhalardan şokka tuşdim. Biz bu qörqinçli hodisadan jabr körgan barça odamlar uçun duodamiz».
AQŞ prezidenti Donald Tramp jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi va bu hodisani «dahşatli hujum» deb atadi. Amerika Davlat kotibi Mayk Pompeo tvitterda şunday yozdi: «Biz voqealar rivojini kuzatib boramiz va Livan xalqiga bu qörqinçli fojiani yengib ötişda yordam körsatişga tayyormiz».
Fransiya Livanga yordam va zarur vositalar yuborilganini ma'lum qildi.
Eron taşqi işlar vaziri tvitterdagi sahifasi orqali Eron Livanga «zarur bölgan barça yordamlar» körsatilişini ma'lum qildi.
Isroil hukumati ham maxsus bayonot berib, «xalqaro diplomatik kanallar orqali Livanga murojaat qilingani va uşbu mamlakatga tibbiy va insonparvarlik yordamlari taklif etilgani» haqida xabar berdi.
Livanda nimalar bölmoqda
Juma kuni BMT tribunali Livanning sobiq boş vaziri, 2005 yilda terakt oqibatida öldirilgan Rafiq Haririy işi böyiça sud hukmini e'lon qilib, bu iş böyiça 4 kişiga sirtdan hukm çiqarişi kutilayotgandi.
Bu portlaşda Eron tomonidan qöllab kelinadigan «Hizbulloh» harakati ayblangan. Taşkilot barça ayblovlarni rad etadi.
Livan sönggi oylarda çuqur iqtisodiy inqirozni boşdan keçirmoqda. Vaziyat Covid-19 pandemiyasi tufayli yanada yomonlaşgan. Bu inqiroz mamlakatda 1975-1990 yillarda bölib ötgan fuqarolik uruşidan keyingi eng oğir inqiroz sifatida baholanayotgandi.
Köçalarda tinç namoyişlar bölib turadi, uning iştirokçilari hukumatni xalqning ahvolini öylamaslikda, islohotlar ötkazmaslikda, faqat boylik orttiriş bilan band bölişda ayblaydi. Livanda vaqti vaqti bilan elektr öçib qoladi, içimlik suvi yetişmaydi, tibbiy xizmatlar körsatiş sohasi oğir ahvolda.
Bundan taşqari, sönggi vaqtlarda Livanning Isroil bilan çegarasida ham vaziyat keskinlaşgan. Ötgan haftada Isroil hukumati «Hizbulloh» a'zolarining çegarani kesib ötişga urinişining oldi olingani haqida xabar berdi. Portlaş röy berişi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisada «Isroilning qöli borligi» haqida yoza boşlaşdi, Isroil hukumati ham, Livan hukumati ham bu taxminlarni rasman rad etdi.
Tahlil Sebastian Aşer, BBC ning Yaqin Şarq böyiça eksperti
Hodisaga oid videokadrlar va fotosuratlar - bu nafaqat Bayrutdagi eng yirik portlaşni, balki şusiz ham iqtisodiy kollaps yoqasida turgan Livanda vaziyat oğirlaşişini ifodalaydi.
Portlaş röy berişidan bir neça soat avval Livan energetika vazirligi binosi yonida namoyişçilar politsiyaçilar bilan töqnaşgandi, namoyişçilar yana bir marta iqtisodiy inqiroz uçun rahbarlardan izoh talab qilişgandi.
Ekspertlar mamlakatda oçlik yuzaga kelişi ehtimolidan ogohlantirişgan - iqtisodiy vaziyat yomonlaşişda davom etsa, mamlakat hududida mazhablararo ziddiyat yangilanişi mumkin.
Qolaversa, bu portlaş köpçilikning yodiga Rafiq Haririyning öldirilişini yodga soldi.
Livanliklar hozirgi portlaş şunçaki tasodifiy fojia ekani, avvaldan rejalaştirilgan akt emasligiga umid qilişmoqda.