Mirishkor tumani hokimi va o‘rinbosari vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, so‘nggi kunlarda shifoxonada davolanishda bo‘lgan G‘ayrat Begaliyev 8 sentabr kuni olamdan o‘tgan.
Hokimning vafoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, marhumda ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi aniqlangandi.
G‘ayrat Begaliyev 2020 yil 4 martdan beri Mirishkor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi. U Mirishkor tumani hokimligiga kelgunga qadar ko‘p yillar davomida Qarshi tumani hokimi bo‘lgan.
Mirishkor tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6 sentabr kuni Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirusdan vafot etganlar soni 358 nafarni tashkil etmoqda. Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimi Davlat Tolibayev ham bor.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Jahon | 15:03
-
Turkiston Avenue TJMsining 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi
Jamiyat | 14:59
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi
Jahon | 14:22
Mavzuga oid

17:07 / 06.01.2024
Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi

16:59 / 14.10.2023
Qashqadaryoda baliq ovlagani borgan fuqaro cho‘kib ketdi

17:49 / 03.08.2023
Mirishkor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

15:14 / 12.12.2022