Xalq deputatlari Mirişkor tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi vaqtida tuman hokimi Baxtiyor Rajabov işdan olindi. Bu haqdagi ma'lumot Qaşqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi.
Sessiyada nutq sözlagan viloyat hokimi Zoir Mirzayev Baxtiyor Rajabovni xalq bilan hisoblaşmaslikda ayblagan.

Prezidentning kadrlar böyiça maslahatçisi Şerzod Kudbiyev ham iştirok etgan yiğilişda tumanga yangi rahbar tayinlangan.
Endilikda Mirişkor tumaniga Ğ.Begaliyev yangi rahbar etib tayinlangan. U şu vaqtgaça Qarşi tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegişli ekani aytilgan audioyozuvda hokim yiğiliş iştirokçilarini pul tuşumlarini öz vaqtida ta'minlamagani uçun turli sözlar bilan haqoratlagani va sökkani, şuningdek, ba'zilarni urgani eşitilgan.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi bu audio böyiça munosabat bildirib, Baxtiyor Rajabov 28 fevral kungi yiğilişda qöl ostidagilarni haqorat qilganini tasdiqladi, Özbekiston Boş prokuraturasi ham uşbu xabar böyiça munosabat bildirdi.
3 mart kuni Qaşqadaryo viloyat hokimligidagi kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi va unda viloyat rahbari Zoir Mirzayev Mirişkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiosi böyiça munosabat bildirdi.
«Iş faoliyatimizning köp qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga çaqiriş bilan ötib ketyapti. Mirişkorning zöravon hokimi öz xatti-harakati bilan viloyat nomiga doğ tuşirdi. Biror bir hokimda yaxşi taşabbus körmaymiz, odamlarning turmuş tarzini yaxşilaş maqsadida ular taklif ham bermaydi. Afsuski, zamon özgarayotganini siz rahbarlar sezmayapsizlar», degandi u.








