«Roma» hujumçisi Eldor Şomurodov 2023/24 yilgi mavsumni Italiya A Seriyasi debyutanti «Kalyari» safida ötkazadi.
Rim klubi rasmiy sayti özbekistonlik 28 yoşli hujumçi «Kalyari» klubiga bir yillik ijaraga berilganini e’lon qildi. Sardiniya oroli jamoasi Eldorni sotib oliş huquqi bilan ijaraga olgan.
Insayder Janluka Di Marsioga köra, «Roma»ga Şomurodovning bir yillik ijarasi uçun 1 million yevro tölanadi va 2024 yilning yozida «Kalyari» Eldorni 9 million yevroga sotib oliş huquqiga ega böladi. Tomonlar «1+3» şaklida kelişgan. Özbekistonlik forvardning ijara muddati davomidagi maoşining 50 foizini «Kalyari» tölasa, qolgan yarmini Rim klubi tölaşda davom etadi.

Avvalroq, Şomurodovning «Roma»dagi yillik maoşi 2 million yevroni taşkil etişi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolçi 2021 yil «Jyenoa»dan 17 million yevro evaziga Rim klubiga transfer qilingandi.
Eslatib ötamiz, italiyalik 71 yoşli taniqli mutaxassis Klaudio Raneri yanvar oyida «Kalyari» boş murabbiyiga aylangaç, B Seriyada 14-örinda borayotgan klubni yarim yil içida peşqadamlar safiga kötarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib çiqişga muvaffaq böldi.












