Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish davom etadi - AQSh elchixonasi
O‘zbekiston fuqarolari odamlarni tovar sifatida ko‘radigan jinoiy guruhlarning yolg‘on va’dalariga ishonib, jabrdiyda bo‘lishdan ogohlantirildi.
AQSh hududiga noqonuniy ravishda kirib olgan migrantlarni deportatsiya qilish davom etadi. Bu haqda 3 mart kuni O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ma’lum qildi.
«Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy migratsiya xavfli va serxarj urinishdir. Biz O‘zbekiston fuqarolarini odamlarni tovar sifatida ko‘radigan jinoiy guruhlar yolg‘on va’dalariga ishonib, jabrdiyda bo‘lishdan ogohlantiramiz. Amerika Qo‘shma Shtatlariga sayohat qilishni xohlovchilarni xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqiramiz», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, AQSh noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish masalasida O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettiradi.
«AQSh hukumati Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda. Qo‘shma Shtatlar o‘z hamkorlari bilan xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarni tatbiq etgan holda, Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlarini davom ettiradi», deyiladi elchixona xabarida.
3 mart kuni noqonuniy yo‘llar bilan Qo‘shma Shtatlarga kirgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Ma’lum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi Meksika orqali Amerikaga o‘tgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026