Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini poyezd tagiga tashlagan ayolning shaxsi ma'lum bo‘ldi
Toshkent metrosining «Beruniy» bekatida o‘zini sekin yurib kelayotgan poyezd yo‘liga o‘zini tashlab yuborgan ayolning shaxsi ma'lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol ruhiy xasta bo‘lgan. Olmazor tumanida istiqomat qilgan, 1978 yilda tug‘ilgan Muhabbat A. tegishli tibbiy muassasalarida hisobda turadi.
Ayni damda ayol kasalxonada bo‘lib turibdi, u yengil jarohatlar olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent metropolitenining «Beruniy» bekatida yo‘lovchilardan biri o‘zini poyezd yo‘liga tashlagani xabar berilgandi. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, taxminan 30-35 yosh atrofida bo‘lgan ayol bekatga sekin yurib kelayotgan poyezd yo‘liga o‘zini tashlab yuborgan. Metropoliten xodimlari uni tezda chiqarib olishgan. Voqea joyiga chaqirilgan shifokor ayolning ruhiy holatida muammolar borligini aniqlagan.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026