Bugun, 19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toşkent metropolitenining «Beruniy» bekatida yölovçilardan biri özini poyezd yöliga taşladi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, taxminan 30-35 yoş atrofida bölgan ayol bekatga sekin yurib kelayotgan poyezd yöliga özini taşlab yuborgan.

Metropoliten xodimlari uni tezda çiqarib olişgan. Voqea joyiga çaqirilgan şifokor ayolning ruhiy holatida muammolar borligini aniqlagan.

Hozirça uning bu harakati sabablari ma'lum emas.