Özbekistonning tarixiy va madaniy merosi hamda madaniy va pazandalik an'analari haqida maşhur aktyor Jyerar Deparde iştirokida hujjatli film suratga olayotgan Fransiyaning «B-Tween» prodyuserlik kompaniyasi ijodiy guruhi Özbekistonga keladi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Mazkur kinokompaniya Fransiya va xorijda kino va filmlar suratga oliş bilan şuğullanadi.
Özbekistonda Deparde iştirokida film suratga oliş loyihasi Özbekistonning Parijdagi elçixonasi va «Özbekiston havo yöllari» MAK tomonidan Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan.
«Ipak yöli» filmi Depardening yana bir aktyor hamrohligida Özbekiston böylab sayohatiga bağişlanadi. Ijodiy guruh Toşkent, Samarqand, Buxoro va boşqa şaharlarda böladi, arxitektura va madaniy yodgorliklar,özbek hunarmandlarining işlari va milliy oşxona bilan tanişadi.
Film mualliflari şuningdek, Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyida ham bölişadi.
Fransiyalik kinoijodkorlar tomoşabinlarga şuningdek, Özbekistonning turistik imkoniyatlari haqida hikoya qilişadi.
Davomiyligi 52 daqiqa bölgan film Fransiya telekanallarida namoyiş etiladi. Filmni suratga oliş işlarini sentyabrda boşlaş rejalaştirilgan.








