«Tez orada umumxalq muhokamasiga qöyiladigan «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etiş faoliyatida qiynoqning oldini oliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori loyihasi qabul qilinadigan bölsa, qiynoqdan jabrlangan şaxslarga yetkazilgan zararning örni qoplanişini ta'minlaş, ularga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam körsatiş mexanizmlari takomillaşadi. Pirovard natijada qiynoqning oldini oliş tizimining samaradorligi ança oşadi.

Loyihada Özbekiston qonunçiligidagi qiynoq uçun javobgarlik belgilovçi normalarni BMTning «Qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaşga qarşi Konvensiya»si talablariga muvofiqlaştirilişini ta'minlaş belgilangan.

Loyihada BMTning uşbu Konvensiyasining Fakultativ protokoliga (Nyu-york, 2002 yil 18 dekabr) Özbekiston Respublikasi qöşilişining maqsadga muvofiqligi masalasini örganiş va asoslantirilgan takliflarni işlab çiqiş nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari hamda ilğor xorijiy amaliyotga asoslangan holda «Qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaşning oldini oliş böyiça milliy preventiv mexanizmlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonuni loyihasini işlab çiqiş belgilangan», deya Svetlana Ortiqovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş prokuror örinbosari inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi xalqaro taşkilotlarning ekspertlari tavsiyalari asosida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda tayyorlagan uşbu hujjat qabul qilingan taqdirda Özbekistonning qiynoqlar masalasiga doir xalqaro reyting va indekslardagi örni yaxşilanişiga umid qilayotganini ta'kidladi.

«Qaror loyihasidan nimalar kutilyapti? Eng avvalo, qiynoqning oldini oliş böyiça milliy tizim xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlaştiriladi. BMTning Qiynoqqa qarşi qömitasi tomonidan bildirilgan tavsiyalarning aksariyat qismini bajarilişini ta'minlaydi. Buning oqibatida Özbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi örni yaxşilanadi.

Qaror loyihasi qiynoqning barvaqt oldini olişga samarali xizmat qilişini alohida qayd etiş joiz. Qiynoqning oqibatlari bilan kuraşişdan uning barvaqt oldini olişga ötiladi. Bunda asosiy e'tibor qiynoq holatlarini kelib çiqişiga imkon bergan omillarni aniqlaş va bartaraf etişga, tegişli mansabdor şaxslarni maxsus dastur böyiça öqitiş asosida ularda qiynoqdan himoyalaniş huquqini ta'minlaş masalasida yangiça dunyoqaraşni şakllantirişga qaratiladi.