Toşkent şahridagi Parkent va Mahtumquli köçalarida daraxt bor va yöq joylardagi harorat 7 darajagaça farq qilgan. Şaharsoz Iskandar Soliyev bu tajribani daraja ölçaydigan asbobni 1 metr balandlikka qöygan holda 2 köçaning quyoşli va soyali asfalt hamda trotuar qismlarini ölçaş orqali amalga oşirgan.

Toşkent şahridagi Parkent va Mahtumquli köçalarining bir xil nuqtalaridagi daraxtli va daraxsiz joylar harorati ölçab çiqildi. Bu tajribani şaharsoz Iskandar Soliyev sinab körgan. Soliyev daraxti bor va yöq joylar haroratini daraja ölçaydigan asbobni 1metr balandlikka qöygan holda tekşirib körgan. Bunda havo harorati 37 darajani körsatgan kunda köçalarning quyoş tuşadigan va daraxt soya qilib turadigan asfalt hamda trotuar qismlaridagi harorat öçlangan.

Natijalarga köra, Mahtumquli köçasidagi daraxti bor trotuarda havo salqin bölib, harorat 33,4 darajani körsatgan. Bu – daraxt bor joy kunlik örtaça haroratdan 4 daraja salqin ekanini anglatadi. Xuddi şunday Parkent köçasidagi trotuarda salqin joyda esa harorat 38,5 darajani körsatgan.

“Balkim bu vaqtda suğoriş uskunalari işlagani sabab harorat pastdir, lekin daraxt borligi uçun ham bu yerda köçadagi haroratdan pastroq”, – deb izohlagan şaharsozning özi. 

Mahtumquli köçasidagi quyoşli trotuarning beton qoplamali qismida harorat 39,4 darajani, ya’ni kunlik haroratdan 2 daraja issiqni körsatgan. Bu körsatkiç Parkent köçasida 40,9 darajaga çiqqan.

Şuningdek, Mahtumquli köçasidagi avtomobil yölining asfalt qoplama soya joyida 37,4 daraja, quyoşli joyida esa 41,9 darajani körsatgan bölsa, Parkent köçasida quyoşli asfalt qoplama 42,2 darajani körsatgan.

“Parkent köçasida daraxtlarning deyarli yöqligini hisobga olsak, bu yerda soyali joyning özi yöq, agar faqat binolarning soyasini aytmaganda. Şuning hisobida avtomobil yölining asfalt qismida havo harorati kunlik haroratdan 5 darajadan köproq issiq”, – deb yozadi Soliyev.

Şaharsoz tajribadan daraxt bor köçalar kunlik haroratdan bir neça gradusga salqinroq bölişi, ayniqsa soya beradigan daraxtlari bor köçalar ançayin salqin, soya bermaydigan arça va şunga öxşaş daraxtlar Özbekiston iqlimiga mos kelişi ham söroq ostida degan xulosaga kelgan. Şuningdek, u köçalarning keng bölişi ham Özbekistonga unçalik töğri kelmaydi deb hisoblaydi.