O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston o‘z tarixida ilk marta Angliyani mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma olgan Osiyoning yagona jamoasiga aylangach, ingliz matbuoti APL klublari tarbiyalanuvchilarining FIFA reytingida 73-o‘rinda joylashgan mamlakat jamoasiga mag‘lubiyatini tanqid qilgan bo‘lsa, xorij nashlari Lazizbek Mirzayevning supergoli va O‘zbekistonning g‘alabasini sensatsiya sifatida baholadi.

The Sun: «Qaqshatqich zarba»

Buyuk Britaniyaning yirik narlaridan bilan «The Sun» tabloidi Angliya o‘smirlar jamoasining JCh-2023 nimchorakfinalida O‘zbekistonga sensatsion tarzda mag‘lub (1:2) bo‘lgani haqida yozib, Indoneziya poytaxti Jakartada qaqshatqich zarbaga uchraganini sarlavhaga olib chiqqan.

Daily Spors: «Angliya uyiga qaytdi. O‘zbekiston U17 jamoasidan jahon chempionatida sensatsion yurish»

Angliyaning «Daily Spors» nashri esa mamlakat o‘smirlar jamoasining mundialdan uyiga ravona qilingani haqida yozib, O‘zbekiston U17 jamoasining chorakfinalga chiqishini sensatsion yurish deb atagan.

VOI: «Ronaldudan ilhomlanadigan «Britan kushandasi»

VOI nashri O‘zbekistonning Angliya ustidan qozongan g‘alabasini sensatsiya deb atab, inglizlarning mag‘lub etilishiga sabab bo‘lgan g‘alaba goli muallifi Lazizbek Mirzayevning intervyusini keltirgan. Jarima zarbasidan supergol muallifiga aylangan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi sardori Ronalduga havas qilishi va unga o‘xshash uchun bor imkoniyatini ishga solayotgani haqida gapirgan. Nashr O‘zbekiston Indoneziyada mahalliy muxlislar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganini yozib, endi Osiyo sha’ni uchun ham kurashayotgan jamoamizga omad tilagan.