Özbekiston U17 terma jamoasi boş murabbiyi Islombek Ismoilov Qatarda ötkazilayotgan jahon çempionati 1/8 finalidan örin olgan Italiyaga (2:3) qarşi öyindan keyin muxlislarga murojaat qildi.

«Bugun biz Jahon çempionatidagi iştirokimizni yakunladik. Şu bilan birga, 3 yil davomida yuragim bilan xizmat qilgan U17 terma jamoamizning ham faoliyati nihoyasiga yetdi. Bu yöl men uçun şunçaki iş emas edi — bu şaraf, mas’uliyat va Alloh bergan sinov böldi. Uç yil davomida biz bu jamoa bilan maşaqqatli maşğulotlar, quvonçli ğalabalar, oğir mağlubiyatlar bilan yonma-yon bordik. Yaxşi kunlarda ham, yomon kunlarda ham birga edik», deb yozdi murabbiy.

Islombek Ismoilov şu yilning aprel oyida Özbekiston U17 terma jamoasi bilan Osiyo çempioni bölganini esladi.

«Osiyo çempionligi — bu avlodning matonati va mehnati. 2025 yilda Osiyo çempioni böliş — bu bolalarimizning jasorati, mehnati va intilişi. Bu natija Özbekiston futboli tarixiga oltin harflar bilan yozilib böldi. Heç qaçon unutmayman: har bir maşğulotda, har bir turnirda biz Özbekiston bayroğining şa’nini himoya qildik. Har bir öyin oldidan bitta fikr bölardi: Bu Vatan uçun jon fido», deb yozdi murabbiy.

Uning ta’kidlaşiça, murabbiy sifatida bir narsaga qat’iy amal qildi: adolat va halollik.

«Heç kimning ismini, klubini yoki taniş-bilişçiligini emas, faqat mehnatini, xarakterini, munosibligini tanladim. Terma jamoaga çaqirilgan har bir futbolçi bunga haqli edi. Şu qarorlarim uçun bugun ham, ertaga ham boşim baland», deb yozdi murabbiy.

Islombek Ismoilov sözining yakunida özini qöllab-quvvatlagan muxlislarga, ÖFA rahbariyatiga, yordamçilariga, futbolçilarga minnatdorlik bildirdi.

«Bu yakun — bir eşikning yopilişi emas. Bu yangi bosqiçning boşlanişi. Bugun mening yölim bu jamoa bilan tugadi», deb yozdi murabbiy.