Yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi
Maktablar oldi va kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.
Prezident farmoni bilan avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Hujjatga ko‘ra, yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.
Bu «Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda» respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
E’tiborlisi, jamg‘armaga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasining 5 foizi, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish va o‘zgartirish uchun yig‘imlarning 20 foizi, kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun jarimalarning 25 foizi o‘tkaziladi.
Shuningdek, davlat raqami belgilari oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxi bo‘yicha umumiy tartibdagi realizatsiyasidan olingan tushumlarning 50 foizi, videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalarning 100 foiz o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
12:47 / 26.06.2024
Samarqandda O‘zbekiston-Germaniya salomatlik fanlari oliy maktabi ochildi
07:59 / 26.06.2024
Ayrim maktablar xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi
14:34 / 19.06.2024