Özbekistonda bolalarga nisbatan taʼlim taşkilotlaridagi zöravonlik holatlari uçun javobgarlik kiritildi. Tegişli qonun 11-sentabr kuni prezident tomonidan imzolandi.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, taʼlim taşkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlar öz zimmasiga yuklatilgan şaxs tomonidan:

🔹 tarbiya va taʼlim beriş jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zöravonlik sodir etiş, şuningdek uni kamsitiş yoki xörlaş kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlaş, başarti jinoyat alomatlari, şuningdek belgilangan boşqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bölmasa, –

➖ BHMning 1 baravaridan 5 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi.

Şuningdek, pedagogik faoliyatni amalga oşiriş jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zöravonlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan şaxslarning 1 yil muddat davomida quyidagi taʼlim taşkilotlarida pedagogik faoliyat bilan şuğullanişiga yöl qöyilmasligi belgilandi:

  • maktabgaça taʼlim taşkilotlari;
  • umumiy örta va örta maxsus taʼlim taşkilotlari;
  • professional taʼlim taşkilotlari;
  • bolalar uçun qöşimça taʼlim taşkilotlari.

Aliment böyiça qöşimça qoidalar

Mazkur qonunga binoan, davlat yoki nodavlat muassasalarining töliq taʼminotida bölgan voyaga yetmagan bolaga aliment tölaşi şart bölgan otani yoki onani aliment tölaşdan ozod qilişga yöl qöyilmasligi közda tutildi.

Ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilişi belgilangan aliment miqdorini kamaytiriş böyiça işlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari