Yangi tartibga koʻra, 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan taʼlim muassasasidan chiqarish uchun arizani uning ota-onasi yoki vasiysi topshirishi mumkin.
Xizmat maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda tahsil olayotgan oʻquvchilarga taalluqli.
Xizmatdan foydalanish bepul boʻlib, ariza beruvchidan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Zarur maʼlumotlar idoralararo elektron axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda olinadi.
Topshirilgan ariza bolalar masalalari boʻyicha tegishli tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Komissiya qarori taʼlim tashkilotiga kelib tushgach, oʻquvchi 1 ish kuni ichida elektron bazadan chiqariladi.














