Energetika vazirligi uşbu quriliş obekti va «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli «Ximiya» podstansiyasiga jurnalistlar uçun press-tur taşkil qildi.

2019 yilning noyabr oyida Masdar kompaniyasi va Özbekiston hukumati örtasida davlat xususiy şerikçilik asosida mamlakatdagi birinçi quyoş elektrostansiyasini loyihalaştiriş, moliyalaştiriş va quriş maqsadida, «Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi kelişuv» va «Investitsion kelişuv» bitimlari imzolangan.

Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 110 million dollarga baholangan va Masdar kompaniyasi tomonidan yuz foiz töğridan töğri moliyalaştiriladi.

Bugungi kunda pudratçi korxona – Xitoy Xalq Respublikasining «SEPKO III» LTD kompaniyasi obektda texnologik uskunalar, panellar, invertor va transformatorlarni örnatiş işlarini olib bormoqda.

Mazkur stansiya Özbekiston tarixida qayta tiklanuvçi energiya manbalari asosida elektr energiyasini işlab çiqaradigan birinçi yirik quyoş fotoelektr stansiyasi hisoblanadi va u sentabr oyida işga tuşirilişi rejalaştirilyapti.

Energetika vazirligi boşqarma boşliği Abdullajon Otaboyevga köra, fotoelektr stansiyasining işga tuşirilişi natijasida yiliga 260 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqariladi hamda 79 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinişiga erişiladi.

100 MVt elektr energiyasi örtaça 5 ta tumanning ehtiyojini qoplaydi. Ammo bu mazkur quvvatdagi elektr energiya Navoiy viloyatining 5 ta tumaniga yönaltiriladi degani emas. Stansiyada işlab çiqarilgan elektr energiya respublikaning barça hududlarini özaro boğlovçi yuqori kuçlanişli tarmoqlariga uzatiladi.

«Navoiy viloyatida 2024 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 800 MVt bölgan quyoş va şamol elektr stansiyalari işga tuşiriladi. Uşbu stansiyalarning işga tuşirilişi natijasida yiliga 2,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqarilib, 762 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinişiga erişiladi.