Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Uçköprik tumani moliya bölimi boşliği va tuman hokimi yordamçisi karta öynayotgani, örtaga pul tikilgani aks etgan surat tarqaldi. Unda rasmiy idora xonasi ekani körinib turgan joyda bir guruh şaxslar körpaça solib, pul tikkan holda karta öynab ötirganini köriş mumkin. 

Qimor öynaganga qanday jazo bor?

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi 176-sonli qarori bilan 2007 yil 1 sentabrdan boşlab qimor öyinlarini va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş va ötkaziş taqiqlab qöyilgan.

Bunday qilmiş uçun tegişli kodekslarga ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik çoralari kiritilgan.

Intizomiy jazo. Davlat xizmatçisining qimor öynaşi, xususan bu “iş”ni xizmat idorasida amalga oşirişi ahloq odob hamda intizomga oid normalarning qöpol buzilişini ham anglatadi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ga köra, davlat xizmatçilari xizmat faoliyati davomida öz xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajariş, rasmiyatçilik, soxtakorlik va suiiste’molçilikka yöl qöymasligi, har qanday qonunbuzilişiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarşi murosasizlik bilan kuraşişi zarur.

Mazkur hujjatda davlat xizmatçilari işdan böş vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilişlari va ularga zid bölgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan özlarini tiyişlari şartligi, dabdababozlik, şuhratparastlik, guruhbozlik, maişatbozlik, içkilikbozlik va boşqa salbiy illatlarga yöl qöymasligi ham belgilab qöyilgan.

Davlat xizmatçisining Odob-axloq qoidalarini buzişi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boşqa javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.

Ma’muriy javobgarlik. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 191-moddasiga köra, qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarda qonunga xilof ravişda iştirok etiş, ana şu öyinlar buyumlarini, şuningdek öyinga tikilgan hamda öyindagi yutuq bölgan pullar, aşyolar va boşqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravaridan (990 ming söm) 5 baravarigaça (1 mln 650 ming söm) miqdorda jarima solinişiga sabab böladi.

Huddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa şu öyinga tikilgan pullar, aşyolar va boşqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, BHMning 10 baravarigaça (3 mln 300 ming söm) miqdorda jarima jazosi qöllaniladi. 

Jinoiy javobgarlik. Jinoyat kodeksining 278-moddasiga köra qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş, şu jumladan ana şunday öyinlar uçun qimorxonalar taşkil etiş yoki ularni saqlaş — 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Uçköprikdagi amaldorlar işini kim örganadi?

Uşbu holatda qilmiş ikki qismga bölib örganilişi kerak. Birinçi navbatda davlat xizmatçilari qimorni qayerda öynagani aniqlanişi va bordiyu bu holat xizmat xonasida sodir etilgani tasdiqlansa hokimlik (iş beruvçi timsolida) intizomiy jazo qöllaş masalasini körib çiqişi lozim. Rasmiy izohga köra, davlat xizmatçilarining qilmişi hokimlik xuzuridagi odob-axloq komissiyasi yiğilişişida muhokama qilingan (natijasi xozirça ma’lum emas).

Intizomiy jazo yetarli bölmaydi. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan fotosurat içki işlar idorasida jinoyat haqida xabar sifatida (Forma-1 kitobiga) röyxatga olinişi va tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilişi lozim. Holat tasdiğini topsa iş ma’muriy tartibda rasmiylaştirilib, MJtKning 245-moddasi talabi asosida Jinoyat işlari böyiça tuman sudiga çiqarilişi lozim.

Qanday jazo qöllaş esa sudning ixtiyorida qoladi.

Uçköprikdagi holat birinçisi emas...

Iş joyida qimor öynaş holatlari köp uçrab turadi. Aksariyat holatlarda qimor öynagan mas’ullar bu işi öz tasdiğini topgaç, egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Jumladan, 2022 yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 52-umumta’lim maktabi direktori va uning öquv işlari böyiça örinbosari maktab qorovulxonasida karta öynab ötirgan videosi tarqalgandi. Holat tasdiqlangaçmaktab direktori va uning örinbosari işdan olingandi. 

Yana bir holatda esa Past Darğom tumanidagi Qozoq Nayman mahallasi raisi Ahror Arslonov internetda qimor öynayotgani aks etgan suratlar tarqalişi ortidan lavozimidan ozod etilgandi.

Ruslan Saburov,
Kun.uz