Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda maktab direktori va uning örinbosari qorovulxonada qarta öynab ötirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati Xalq ta’limi boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanişiça, tumandagi 52-umumta’lim maktabidagi mazkur holat Nurota tumani xalq ta’limi bölimi tomonidan örganib çiqilgan.
“Maktabda öquv işlari, taşkiliy-texnik va kadrlar masalasida özibölarçilikka yöl qöyilgani, içki tartib-qoidalarga xilof tarzda xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlandi. Maktab direktori R.Safarov va uning öquv işlari böyiça örinbosari X.Jöraboyev egallab turgan vazifasidan ozod etildi”, — deyiladi viloyat XTB munosabatida.
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy şahridagi 11-AFÇÖIM direktori 10-sinf öquvçisini urgani va öquvçi qiz huşini yöqotgani aytilgan videolavha tarqalgan va holatni viloyati prokuraturasi öz nazoratiga olgandi.

















