Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 martdan taqiqlov belgisi bo‘lmagan barcha hududlarda foto va videoga olish mumkin bo‘ladi
Foto: Pinterest
Prezidentning turizmni tezkor rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 2019 yilning 1 martidan e'tiboran taqiqlov belgisi bo‘lmagan barcha hududlarda foto va video olish mumkin bo‘ladi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Hujjatga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 fevraligacha bo‘lgan muddatda foto- va videos'yomka qilish uchun taqiqlanuvchi obektlar, jamoatchilik joylari va hududlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2019 yilning 1 martiga qadar ikki va undan ortiq chet tilida (ingliz, rus va b.) foto- va videos'yomka taqiqlanishiga doir tegishli ko‘rsatkichlarni o‘rnatish vazifasi yuklatildi.
Ta'kidlash joizki, taqiqlov belgilari bo‘lmagan holatlarda bemalol foto va videoga olish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
13:46 / 12.01.2026