2018 yil 12 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida bugun Toşkent şahriga kelgan AQŞ Davlat kotibining iqtisodiyot va biznes masalalari böyiça yordamçisining birinçi örinbosari Brayan MakFiters bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbatda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-17 may kunlari AQŞga qilgan rasmiy taşrifi va prezident Donald Tramp bilan ötkazgan muzokaralari çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarining hozirgi holati va ularni oşirişning istiqbollari töğrisida fikr almaşildi.
Uçraşuvda ikki tomonlama savdodagi ijobiy dinamika qayd etildi. 2018 yilning 8 oyi davomida özaro savdo aylanmasi deyarli 300 mln dollarini taşkil etdi. 2017 yil böyi esa bu körsatgiç 210,2 mln dollarga teng bölgan edi. Şu bilan birga, mazkur sohadagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada oşiriş uçun sezilarli salohiyatning mavjudligi e'tirof etildi va bunga ikki tomonda ham qiziqiş borligi ta'kidlandi.
Uçraşuv davomida Özbekiston-Amerika kun tartibining boşqa masalalari, jumladan mamlakatimizda Amerika biznes haftaligini ötkazişga tayyorgarlikning borişi ham muhokama qilindi.
Suhbatda AQŞ elçisi Pamela Leora Spratlen iştirok etdi.











