Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tez tibbiy yordam vraçi bemorning mast qarindoşi tomonidan kaltaklandi.

Bu haqdagi xabarni Kun.uz'ga jabrlanuvçining hamkasblari yetkazdi. Biz aziyat çekkan şifokor Şohruxbek Zokirov davolanayotgan Andijon tibbiyot instituti klinikasiga bordik.

Şohruxbek oğir muşt yo tepkilardan burni singan, yuzi momataloq. Vraçlarga köra, orqa miyasi çayqalgan. U ruhan ezilgan bölib, bu holat uning xasta ovozidan sezilib turibdi. Şifokor hozir klinikaning otorinolaringologiya kafedrasida davolanmoqda.

Bemorning mast qarindoşi tomonidan kaltaklangan Şohruxbek Zokirov 2019 yildan beri Paxtaobod tumanining çekka hududi bölgan Madaniyat qişloğidagi tez tibbiy yordam şoxobçasida işlaydi. U 16 oktabr kuni şoxobçaga navbatçilik uçun keladi. Tungi çaqiruvga boşqa bir vraç Nodirbek Ahmedov boşçiligidagi tez yordam guruhi çiqib ketgaç, öşa çaqiruv bölgan xonadon egasi tez yordam maşinasi yetib bormasdan öz avtomaşinasida onasini şoxobçaga olib kelgan.

“Kasal ayolning öğli şoxobçaga kira solib, baqira ketdi. Undan spirtli içimlik hidi kelib turardi. Men onaxonni qabul qilib, qon bosimini ölçadim, yuragini eşitdim va kerakli muolajani qildim. Ayol asabiylaşgan va şuning ta'sirida qon bosimi biroz kötarilgan ekan. Ukollar ta'sir qilib bemor öziga kela boşladi. Mast öğli şoxobça içida baqirib töpolon qilib sökinib yurdi. U hammani bir-bir haqorat qilib, vraç Mahmud aka Dehqonovni yoqasidan olib böğa boşladi. Men ajratgani bordim va ajratdim. Şundan söng mast menga e'tibor qaratdi.

Yölakdan ketayotganimda orqamdan kelib, yuzimga muşt tuşirdi va men yiqilganimda köp marta zarbalar berdi. U yoğiga nima bölganini bilmayman. Ajratib qöyişdi. Keyin uçastka noziri keldi.

Men vraç akamning yoniga bordim. Klinikaga olib kelişdi. Singan burnimni repozitsiya(burunning singan suyaklarini joyiga keltiriş) amaliyoti qilişdi. Miyam çayqalgan ekan. Davolanyapman. Ota-onam “Qaytib işga bormaysan!” deyişdi. Bizda oxirgi paytlar bemorlarning yaqinlari mast holatda şifokorlarni haqorat qiliş holatlari köpayib boryapti. Keça IIB xodimi kelib ariza oldi”, – deydi Şohruxbek Zokirov.