Toşkent şahridagi “Credit House” hamda “In Fin Stroy Invest” MÇJ mansabdorlariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Quruvçi firmalardan uy olib, uzoq muddatga bölib tölaş şarti bilan xaridorlarga sotib kelgan uşbu vositaçi firmalar odamlarning tölov pulini özlaştirgan bölişi mumkin. Kun.uz’ga murojaat qilgan jabrlanuvçilar ham uydan, ham pulidan ayrilib qolişdan xavotirdaligini bildirişmoqda.

Toşkent şahridagi “Credit House” va “In Fin Stroy Invest” MÇJ mansabdorlari tergovga tortildi. Kun.uz’ga murojaat qilgan bir guruh jabrlanuvçilar muammo kölami juda katta ekanini aytmoqda.

“Biz 2024 yil 8 fevral kuni “Credit House” bilan özaro oldi-sotdi asosida şartnoma tuzdik. Birinçi tölovga 100 mln söm töladik. Grafik böyiça aytilgan summani şu oygaça heç qoldirmasdan tölab keldik. Uy bitayotganini köriş maqsadida obektga borganimizda quriliş firmasi rahbari “Credit House” bilan nizo kelib çiqqanini va sud bölayotganini aytdi. Sababini sörasak, grafik böyiça firmaga pul tölamagan ekan. Ya’ni investitsion şartnomaga amal qilişmagan.

Özimiz tölagan pulni quruvçi firmaga ötkazib berişsin, ortiqçasi kerak emas. Biz keyin ular bilan işlab ketiş tarafdorimiz, bularga işonç qolmadi”, deydi murojaatçilardan biri Madalibek Hakimov.

“Credit House” mas’ullari xaridorlarga masala hal etilişini, faqat biroz muddat kerakligini bildirib, va’da bermoqda. Ammo uşbu firmaga tölagan puli quriliş firmasiga “yetib bormagan” jabrlanuvçilar bu va’dalarga işonmayapti.

Jumladan, Navoiy viloyatining Zarafşon şahridan kelgan jabrlanuvçi boşlanğiç tölovni kredit olib tölaganini ma’lum qildi.

“Zarafşon şahridan keldim. 2024 yil 9 iyul kuni şartnoma imzolagandik. Boşlanğiç tölovga 80 mln söm kredit olib qöygandim. Hozir ungayam 4 mln sömdan tölab yuribman. Şartnoma şartlarini buzişdi. 129 oyga 3 mln 531 mingdan ketişi kerak edi.

Hozir quriliş firmasi kuz oyida bitadi, ipoteka qilib beramiz deyapti. Lekin şunday bölsa, belgilangan summadan oşib ketadi. Şu paytgaça 105 mln söm töladim, şuni qaytarsin, çarçadik”, deydi navoiylik öqituvçi Abduvali Narziyev.

Kun.uz holat böyiça “Credit House” rahbari Klara Tolipovadan izoh oldi. Uning ta’kidlaşiça, muammoning kelib çiqişiga firma ikkilamçi bozorga vaqtli ötgani sabab bölgan.