Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways xalqaro yo‘nalishlardagi barcha qatnovlarni bekor qildi. To‘liq ro‘yxat
Foto: KUN.UZ
16 martdan boshlab xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar bekor qilinadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airways MAK.
«Hurmatli yo‘lovchilar! O‘zbekiston Respublikasi hukumati mamlakatda koronavirus COVID-19 kasalligi birinchi marta aniqlanganligi haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan 2020 yil 16 martdan boshlab xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarning bekor qilinishi haqida xabar beramiz», deyiladi xabarda.
16 mart kuni faqat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yakuniy qatnovlar amalga oshiriladi:
HY426 — Dehli - Toshkent
HY103/104 – Toshkent – Riga - Toshkent
16 martda quyidagi qatnovlar bekor qilinadi:
HY231/232 - Toshkent - Frankfurt - Toshkent
HY271/272 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY273/274 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY275/276 - Samarqand - Istanbul - Samarqand
HY333/334 - Toshkent - Dubay - Toshkent
HY421 - Toshkent -Dehli
HY603/604 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY613/614 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY601/602 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY605 - Samarqand - Moskva
HY626- Moskva - Farg‘ona
HY627 - Farg‘ona-Moskva
HY628 - Moskva - Farg‘ona
HY637/638 - Urganch - Sankt-Peterburg - Urganch
HY639 - Samarqand - Sankt-Peterburg
HY667/668 - Toshkent - Novosibirsk - Toshkent
HY691/692 - Toshkent - Tyumen - Toshkent
HY709/710 - Toshkent - Minsk - Toshkent
HY712 - Sankt-Peterburg - Termiz
HY717 - Toshkent - Dushanbe
HY721/722 - Toshkent - Nur-Sulton - Toshkent
HY763/764 - Toshkent - Olma-ota - Toshkent
HY777/778 - Toshkent - Bishkek - Toshkent
Shuningdek, xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha keyingi aviaqatnovlar bekor qilindi.
Xalqaro qatnovlarni to‘xtatish 2020 yil 5 aprelgacha rejalashtirilgan.
Ma'lum qilinishicha, bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni ular xarid qilingan joyda qaytarish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
18:47 / 21.08.2025
Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi xabarni rad etdi
19:00 / 14.08.2025
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
15:47 / 06.08.2025