Dilfuzaxon opa Qöziyeva – Farğona yoğ-moy zavodida oddiy işçi. Yolğiz qizini 4 yil maoş olmay Farğona davlat universitetida bakalavr yönalişida, 1 yil magistraturada şartnoma asosida öqitdi. Hozirda qizi magistraturaning 2-bosqiçiga ötgan.
Ayol yolğiz farzandini öqitiş uçun kunduzi zavodga borib işladi, hovlisida anvoyi gullar parvarişladi, dalaga borib maymunjon terib kelib, keçasi soat 24:00 gaça supermarket qarşisida ularni sotdi.


46 yoşli hamyurtimiz tört yarim yil davomida Umra safariga boriş uçun misqollab pul yiğdi...
Biz opani yöqlab u yaşaydigan Farğona tumani Avval qişloğida bordik. Ayolning köçasiga kiraverişda taksi töxtab ayol maşinadan tuşdi. U maşina bagajidan 5-6 ta tugunni quçib yerga tuşira boşladi. Salom-alikdan söng unga özimni taniştirdim va qişloqqa u bilan suhbatlaşiş maqsadida kelganimni aytdim. Opa jurnalist ekanimni bilib, xijolatdan bir zum öylanib qoldi...
Dilfuza opa maşinadan tuşirilgan kiyimlarni yetim-yesirlarga ehson qiliş uçun sotib olgan ekan.
Qahramonimiz – tabiatan juda mehnatkaş ayol. U qizini öqitiş uçun kunlik yumuşlaridan ortib, özgalarning xonadonida peşona teri bilan işlab pul topgan.
“Erta tongda bomdodga turaman. Ibodatni qilganimdan keyin hovliga çiqaman. Keçasi bilan olmalar tagiga tökilgan böladi. Ularni töğrab qoqi qilaman. Molimni dalaga olib çiqaman. Tovuqlarga don beraman. Ozodalikni juda yaxşi köraman.

Yerga avval kartoşka ekdim. Hosilni yiğib bölib orqasidan makka ekib qöydim. Pomidor ekdim. Banka berkitişga özimizdan çiqdi. Gul köçatlarni köpaytiryapman. Saraton issiğida ham bir joydan gul köçati olib kelib ekib qöysam kökaraveradi.

Bu dunyoda bitta-yu bitta qizim bor. Öğlim yöq. U yoşligidan sportni tanladi. Farğona davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga öqişga kirdi. Bakalavrni tamomlab, biroz işladi. Magistraturaga kirganida xursandligimdan özimni qöyarga joy topa olmay qoldim. Kontrakt tölovlarini qildik. Kontrakt uçun pulni Yaratganning özi yetkazar ekan. “Keyingi yili grant asosida öqiyman, yana topşiraman” deganingiz bilan bunday imkoniyat qaytib kelmasligi mumkin.


















