Özbekiston xalq şoiri va taniqli yozuvçi Şukrullo bugun, 19 iyul kuni olamdan ötdi. Bu haqda jurnalist Karim Bahriyev özining feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi.
Ölim haqligini bilaman men ham
Dunyoda ikki bor ölmaydi heç kim!
Ölim haq ekanmi, ön bor ölsam kam,
Sening erking uçun sevikli xalqim.
Şukrullo Yusupov 1921 yilda Toşkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Pedagogika bilim yurti va Nizomiy nomidagi Toşkent pedagogika institutida tahsil olgan.
1951 yilda Özbekiston davlat naşriyotida işlab yurgan payt millatçilik va sovetlarga qarşi tarğibotda ayblanib, hibsga olinadi va 25 yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi. Jazoni Sibirdagi lagerlarda ötagan Şukrullo şörolar dohiysining ölimidan söng ozod etilgan va oqlangan.
Uning dastlabki şe'riy töplami «Birinçi daftar» va «Qalb qöşiqlari» 1949 yilda naşr etilgan.
Şundan keyin uning «Qalb qöşiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boriça» (1960), «Inson va yaxşilik» (1961), «Inson – inson uçun» (1964), «Zarralar» (1973), «Suyançiq» (1977), «Yaşagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «Tökilgan dardlarim» (2001) kabi şe'riy töplamlari e'lon qilingan.
Önlab şe'riy va nasriy kitoblar, jumladan, Sibirdagi mehnat lagerida boşidan keçirganlari haqida hikoya qiluvçi «Kafansiz kömilganlar» hamda «Tirik ruhlar» roman-xronikasi muallifi.
U Karlo Gotssining «Baxtiyor gadolar» pesasi, Petyofi, T.Şevçenko, Q.Quliyev va boşqa şoirlarning şe'rlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Şoirning asarlari esa rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirğiiz tillarida naşr etilgan.
Alişer Navoiy nomidagi Davlat mukofoti, «Döstlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Özbekiston xalq şoiri Şukrullo 2017 yilda «Turk dunyosi adabiyotida yil kişisi» unvoni bilan taqdirlangan.
Uning şuningdek, «Rossiya», «Ikki qoya» kabi xalqlar döstligiga bağişlangan dostonlari, «Xatarli yöl» asarlari adabiyot ixlosmandlari orasida sevib öqiladi.











