Turk dunyosining 2017 yildagi madaniy poytaxti Turkiston şahrida bölib ötayotgan «Turk dunyosi adabiy naşrlari muharrirlarining 7-kongressi»da Yevrosiyo Yozuvçilar uyuşmasining «Turk dunyosida yilning adabiyot kişisi 2016» mukofoti buyuk özbek şoiri va yozuvçisi Şukrulloga taqdim etildi. 96 yoşli Şukrullo domla kongressga kela olmagani uçun sovrinni topşiriş vakolati Ziyouz portali muharriri Davronbek Tojialiyevga topşirilgan.
«Turk dunyosida yilning adabiyot kişisi» mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va usta şoir-yozuvçilariga taqdim etiladi. Bu mukofotga 2011 yili Ali Oqboş (Turkiya), 2012 yili Anor (Ozarboyjon), 2013 yili Tölen Abdik (Qozoğiston), 2014 yili Ismoil Bözqurt (Kipr), 2015 yili Umar Sultonov (Qirğiziston) sazovor bölgan.
Şukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toşkent şahrining Şayxontohur dahasida tuğilgan. Özbekiston xalq şoiri (1981). Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935— 38) va Nizomiy nomidagi Toşkent pedagogika institutini tugatgan (1944).
Ilk şe'rlar töplami — «Birinçi daftar» (1949). «Qalb qöşiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boriça» (1960), «Inson va yaxşilik» (1961), «Zarralar» (1973), «Suyançiq» (1977), «Yaşagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «Töqilgan dardlarim» (2001), «Şafaq» (2007) va boşqa şe'riy asarlar muallifi. Köplab dostonlar («Asr bahsi», 1985), bolalarga atalgan şe'r va ertaklar («Yulduzlar, 1964) hamda şe'riy dramalar («Hasrat boği», 2004) yozgan. «Javohirlar sandiği» (1983) essesi, qatağon davri dahşatlari haqidagi «Kafansiz kömilganlar» (1989) avtobiografik qissasi, «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasi ham bor. Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Döstlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.












