Vujudimni tilib tilka-tilka,

Ayla, vijdonimni sotmayman,

Xalq dardini joyladim dilga,

Ölay, ölimdan ham qaytmayman.

Uşbu törtlik muallifi 1938 yili mana şu satrlarni oqqa tuşirgan bölsa, oradan 11 yil ötib, aynan şu sözlari uçun sovuq Sibir ölkasiga surgun qilindi.

25 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan şoir haqiqatning yuzini yaşirmadi, taqdiriga tan berib, uzoq ölkalarda rizq-nasibasini topib kun keçirdi. Bu inson 96 yoşni qarşilagan Özbekiston Respublikasi xalq şoiri Şukrullodir.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

https://mover.uz/video/embed/qxrBd1bm/

Taniqli islohotçi, Özbekistonning birinçi zamonaviy advokati Ubaydulla Xöjayevning jiyani bölmiş Şukrullo Yusupov 1921 yilning 2 sentyabrida Toşkent şahrida tavallud topgan. U ziyolilar oilasida ösib ulğaydi. Şoirning ijodi va hayoti, keçinmalari barçani qiziqtiradi.

Adibning aytişiça, uning otasi Yusufxöja qori mahallasida ança hurmatga ega, diniy ilmi bilan davralarda e'zozlangan inson edi. Yusufxöja qori öşa davrda emçi (turli kasalliklardan emlaş) bölib, temiryölçilar bilan birga işlagan. Onasi esa mahalladagi bolalarga saboq bergan.

«Mahallada Qosimboy ismli badavlat kişi bölardi. Onam öşa kişining taşqarisini (hovlining old ayvon qismi - tahr.) olib, mahalla bolalariga diniy bilim berardi», deb eslaydi Şukrullo.

U Maqsud Şayxzoda, Ğafur Ğulom, Odil Yoqubov, Oybek kabi XX asr adabiyotining zabardast namoyondalari bilan zamondoş bölgan, ular bilan ulfat tutingan. Şukrullo söz orasida Usmon Nosirni sobiq Puşkin boğida körganini eslaydi.

«Bir kuni maktabdan qaytayotsam, odamlar Usmon Nosirni örab olib, uni tinglaşayotgan ekan. Yaqinlaşib, men ham uning ijodidan bahra oldim. Buni qarang, keça ham tuşimda uni kördim. Beçora, Usmon Nosir içidagi dardini aytolmay kimsasiz joylarda ölib ketdi», deb xotirlaydi u.