Özbekiston xalq şoiri, taniqli yozuvçi Şukrullo bugun, 19 iyul kuni 100 yoşida olamdan ötdi.
Şukrullo Yusupov özbek adabiyotining sermahsul ijod sohiblaridan biri hisoblanadi. Uning ijodida insonning ma'naviy kamolotini kuylaş masalasi doimo birinçi örinda turgan.
Adibni şogirdlari, uni yaxşi bilgan ijod ahli haqiqatgöyligi, aççiq bölsa-da, doimo rost gapni gapiriş odati bilan eslaşadi.
Şoir va tarjimon Jamol Kamol Kun.uz’ga bergan qisqa intervyusida uni şunday xotirlaydi:
«Şukrullo aka özbek adabiyotiga Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Zulfiya opa kabi katta avlod vakillaridan keyin kirib kelgan.
U bilan Hamid Ğulom, Asqad Muxtor, Ibrohim Rahim, Ramz Bobojon, Mirmuhsin kabi ijodkorlar bir avlod hisoblanadi.
Bilmadim, balki menga şunday tuyular, özbek adabiyoti vakili bölgan har bir avlodning boşida katta fojia turadi, deb hisoblayman. Masalan, yigirmançi, öttizinçi va qirqinçi yillarda ham va undan keyin elliginçi yillarda ham ijodkorlar albatta qandaydir katta qirğin, qatağonlarni kördi.
Bu qatağonlarda özbek xalqi ziyolilarining eng körkam vakillari qirib taşlandi. Xalqimiz qonida hamon yaşayotgan qörquv hissi ana şu davrlardan meros, aslida.
Şunday qatağon yillarida Şayxzoda, Şuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Töxtasin Jalolov, Hamid Sulaymon va ular qatorida Şukrullo ham qatağonga uçradi.
U qatağondagi yillarni Magadandagi toş konida, ğaltakda toş taşiş bilan ötkazdi.
Özining aytişiça, öşa paytlarda Şukrullo domla doim qorniga toş boğlab yurgan ekan. Nima uçun, deysizmi? Sababi şuki, surgun bilan toş koniga borganlar öşa paytda darrov qandaydir arqon, latta topib beliga toş boğlab olar ekan. Buning sababi, lagerlarda heç kim, heç qaçon töyib ovqatlanmagan. Töyib ovqatlanmaslik oqibatida esa insonning içaklari osilib qolar ekan. Şunday osilar ekanki, keyin heç qaçon joyiga kelmaydigan böladi. Ana şuning oldini oliş uçun ham qorniga toş boğlagan.
Şukrullo adabiyotimizning eng zahmatkaş, samimiy, xalqiga sadoqatli ijodkor edi. Uning atrofida şogirdlari köp edi. Meni ham öz şogirdlari qatorida körardi.
Yaxşi eslayman. Hali Buxorodan Toşkentga kelmagan, yoş bir ijodkor edim. Şukrullo mening bir şe'rimga munosabat xati yozgan. Juda xursand bölganman. Keyin Yozuvçilar uyuşmasidagi bir yiğinda ham gapirgan ekan. «Jamolni bir şe'ri bilan kamolini kördim-u, lekin hali jamolini körmadim» deb. Toşkentga kelganidan keyin tanişganmiz domla bilan.











