Amerikaning Sorrento Therapeutics biofarmatsevtika kompaniyasi olimlari koronavirusni yuz foiz tösadigan antitanani aniqlaşganini ma'lum qilişdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Manbaning aytişiça, mutaxassislar milliardlab antitanalarni tahlil qilib, ular orasida koronavirusga ta'sir qiladigan yuzlab antitanalar borligini aniqlaşgan. Ular içidan ajratib olingan önlab antitanalar örganilganida, ulardan biri — STI-1499 inson hujayralarini virusdan yuz foiz himoya qilişi ma'lum bölgan.
Qayd etilişiça, u virusni örab oladi va uni tört kun içida organizmdan çiqarib taşlaydi.
«Bu dori ekanligini ta'kidlaymiz. Aniq işlaydigan yeçim bor», — dedi Sorrento Therapeutics asosçisi doktor Genri Ji. Şu bilan birga, tadqiqotlar faqat laboratoriya şaroitida ötkazilgan bölib, kompaniya hozirça dorini işlab çiqarişga ruxsat olmagan.
Doktor Ji bu dori yordamida barça mamlakatlarda karantin bekor qilinişi mumkinligini aytdi.
«Agar organizmimizda neytrallaydigan antitana bölsa, ijtimoiy masofaning keragi bölmaydi», — deb ta'kidladi u.
15 may kuni Rossiya tibbiy-biologik federal agentligi rahbari Veronika Skvorsova klinikaoldi tadqiqotlari mefloxin dori vositasi koronavirus yuqtirgandan boşlab 48 soat içida uni yöqotişi mumkinligini körsatganini aytgandi. Uning sözlariga köra, buning uçun bir millilitrga ikki mikrogramm doza kerak böladi. Skvorsova uni profilaktik va davolovçi deb atadi.
Ayni paytda koronavirusga qarşi vaksina mavjud emas, qator davlatlar olimlari uni yaratiş ustida iş olib bormoqda.









