2020 yil 19 oktyabrda qabul qilingan, Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligiga doir prezident qarorida mutafakkirning maqbarasini obodonlaştiriş imkoniyatlarini örganib çiqiş vazifasi yuklatilgan edi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, uşbu topşiriq ijrosini ta'minlaş doirasida Özbekiston rasmiylari afğonistonlik hamkasblari bilan birgalikda maqbarani joyiga borib örgangan. Örganişlar natijasida an'anaviy me'morçilik, san'at va bezak elementlaridan foydalangan holda maqbarani ta'mirlaş va tiklaş loyihasi işlab çiqildi.

Bugun taqdim etilgan loyihaga köra, maqbaraning kiriş va qolgan yölaklariga Navoiyning hikmatli sözlari bitilgan kitob körinişidagi belgilar qöyiladi, dekorativ ötirgiçlar örnatiladi.
Kiriş qismida 8 burçakli masjid bunyod etiladi. Majmua hududi kökalamzorlaştiriladi.
Kiriş peştoqidan hovli qismining çap va öng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning taşqi körinişiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan işlanadi.
Davlat rahbari loyihalar bilan tanişib, mutasaddilarga ularni sifatli amalga oşiriş böyiça körsatmalar berdi, deyiladi rasmiy relizda.
Toşkent xalqaro aeroportiga eltuvçi köprik örnida aylanma yöl ötkazgiç quriladi












