Uzbekistan Airways 21 iyundan boşlab Nukus—Aqtau—Nukus yönalişi böyiça muntazam qatnovlarni yölga qöyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yönalişda parvozlar haftaning duşanba kunlari amalga oşiriladi.
Nukus—Aqtau yönalişi böyiça aviaçipta narxi 1 093 000 sömdan boşlanadi, Nukus—Aqtau—Nukus böyiça esa 1 869 000 sömdan boşlanadi.
Şuningdek, Uzbekistan Airways Urganç—Aqtau—Urganç yönalişida ham haftasiga ikki marotaba: duşanba va juma kunlari muntazam qatnovlarni amalga oşirmoqda.
Aviaçipta narxlari 2021 yil 16 may holatiga körsatilgan.
Eslatib ötamiz, 2021 yilning martida Qozoğistonning SCAT aviakompaniyasi Aqtau–Urganç–Aqtau yönalişida ilk parvozini amalga oşirgandi. 9 iyun kuni Samarqand aeroporti birinçi marta Olmaotadan reys qabul qildi.










