“So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizga xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarning keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Xorijiy fuqarolar oqimining ortishi albatta turistik salohiyatimiz uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga bu jarayonda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan uy-joy ijarasi orqali ko‘proq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holati kuzatilmoqda.
Uy-joy egalarining ushbu harakatlari Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishiga sabab bo‘lishi hamda kvartiralarni ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari to‘g‘risida eslatib o‘tmoqchimiz”, deyiladi vazirlikning “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida e’lon qilingan eslatmada.
Kvartirani ijaraga berish bo‘yicha shartnoma shakli
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qo‘yilishi kerak.
Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.
Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va bu shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
- Ijaraga beruvchi shartnomani davlat soliq organlarida hisobga qo‘ymasa BHMning 5 baravaridan (1 mln 500 ming so‘mdan) 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ijara shartnomasining muddati
- Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
Ijara uchun to‘lanadigan haq
















