Toshkent metrosi modernizatsiya qilingan vagonlarning yangi partiyasini oladi

Temir yo‘l transportida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Yo‘lovchi tashish borasida yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shinam va qulay poyezdlar harakatini joriy etish, jahon standartlariga to‘la javob beradigan vagonlarni ishlab chiqarish bugungi dunyo talablaridan biridir, deb xabar qilmoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati.
Qayd etilishicha, «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchi vagonlarini sifatli va zamonaviy tarzda ta'mirlash, har tomonlama jahon standartlariga javob beruvchi yangi vagonlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bu yerda yo‘lovchi vagonlari tubdan qayta ta'mirlanadi. Ichki qismi zamonaviy dizayn asosida bezatiladi. Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.
Zavod 2014 yilda metro vagonlarini ta'mirlash bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan. Bu yo‘nalishda korxona mutaxassislari tomonidan bir qator izlanishlar olib borildi. Jumladan, eski metro vagonlari tubdan ta'mirlanib, yangi dizayn asosida o‘zgacha qiyofaga olib kelindi. Buning natijasida «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi zamonaviy, keng va yorug‘ metro vagonlariga ega bo‘ldi.
2018 yilda temiryo‘lchilar tomonidan 6 ta metro poyezdi (24 ta vagon) yangidan modernizatsiya qilindi va foydalanishga topshirildi. Joriy yilda 7 ta ana shunday poyezdni (28 ta vagon) tubdan ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda 1 ta tarkib (4 vagon) shay holatda va metropolitenda sinovdan o‘tkazilmoqda. Eng muhimi yaroqlilik muddati tugagan vagonlar umri 15 yilga uzaytirilmoqda.
Metro vagonlarini modernizatsiya qilish jarayonida ishlatiladigan butlovchi qismlarning (vagon telejkalari va ichki jihozlar) 30-40% ushbu zavodning o‘zida ishlab chiqarilmoqda. «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2014 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda jami 14 ta metro poyezdi, ya'ni 56 ta vagon modernizatsiya qilindi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

08:22 / 25.05.2024
Toshkentda metro vagonlaridan birining eshigi ochilmay qolgani bo‘yicha izoh berildi

16:48 / 19.03.2024
Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi

21:40 / 18.06.2023
Toshkent metrosida ayollarga alohida vagon mavzusi – Ijtimoiy faollar bilan suhbat

16:09 / 07.04.2023