Toşkent metrosida tuşirib qoldirilgan 10 ming dollar pulni yölovçi topib olgan. “Toşkent metropoliteni” axborot xizmati holat videosini eʼlon qildi.
Lavhada körinişiça, yölovçilar qatorida kelayotgan erkakning yon sumkasidan pul tuşib qolgan. Erkak buni sezmagan holda yölini davom etgan. Pul maʼlum muddat yerda yotgan va unga heç kim eʼtibor qaratmagan.
Birozdan söng yölovçi ayol kelib pulni olgan hamda bekatda xizmat faoliyatini olib borayotgan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi xodimlariga topşirgan.
“Toşkent metropoliteni” AJ halollik, vijdonlilik va yuksak fuqarolik masʼuliyatini namoyon etgan fuqaroga, şuningdek, mazkur jarayonda faol iştirok etib, öz xizmat vazifalarini vijdonan bajargan MXTB xodimlariga samimiy minnatdorlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Içki işlar vazirligi mazkur holat böyiça lavha eʼlon qilgandi. Unda pulni yölovçi emas, içki işlar xodimi topib olgani aytilgan.
Vazirlik lavhasida keltirilişiça, maşina sotib oliş uçun Sergeli tumaniga borgan Qozoğiston fuqarosi 10 ming dollar pulini yöqotib qöygan. Uni Toşkent metropolitenida xizmat qilayotgan içki işlar xodimlari topib olgan.
Ötkazilgan zarur tekşiruv va aniqlaş işlaridan söng pul mablağlarining qonuniy egasi aniqlanib, 10 ming AQŞ dollari belgilangan tartibda öz egasiga töliq qaytarib berilgan.
“Olmazor metro bekatidan Sergeliga keldim, şu payt sumkamdan 10 ming dollarim tuşib qolibdi. Şoşib yugurib ketgandim. Metro xodimlariga rahmat, içki işlar xodimlari pulni topib, meni Face-ID'dan qidirişibdi. Men u pulni yöqotganimni maşina bozorda bildim. Halol ekan, qaytib keldi. Içki işlarga mingdan ming rahmat”, – degan özbek tilida gapirgan qozoğistonlik.
Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şoxroh Ğiyosovning Kun.uz’ga maʼlum qilişiça, lavhadagi “topib oldi” jumlasi majoziy.
“Bu yerda “topib oldi” jumlasi majoziy maʼnoda keltirilgan. Transport obyektlarida topilmalar xonasiga kelib tuşgan har qanday buyum egasiga qaytariladi”, deydi u.
Şoxruh Ğiyosovning qöşimça qilişiça, yil boşidan bugungaça 580 dan oşiq holatda fuqarolar metro, poyezd va samolyotda moddiy qiymatliklari yöqolgani böyiça murojaat qilgan. Ularning barçasi topilib, egasiga qaytarilgan.

















