Quriliş vazirligi Toşkent şahar quriliş sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan poytaxtning Yakkasaroy tumani Abdullayev köçasidagi 59-uy manzilida köp qavatli turar joy binosining sifatsiz qurilayotgani haqidagi xabarlarni örgangani haqida ma'lumot berdi.

Toşkent şahar Quriliş boş boşqarmasining 2020 yil 7 avgustdagi 20112100/1-sonli ruxsatnomasiga muvofiq Faxriddin Ergaşevga Yakkasaroy tumani Imom at-Termiziy köçasi 29−31-uy manzilida joylaşgan mavjud yuridik hujjatga ega «ofis» binosini «ertöla qavatlarida avtoturargoh, pastki qavatida savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasi bölgan turar joy binosi»ga ixtisoslaştirib, rekonstruksiya qiliş uçun ruxsat berilgan. Şuningdek, bugungi kunda Faxriddin Ergaşev va Creative Arch Design Group örtasida loyiha smeta işlarini amalga oşiriş uçun şartnoma qilinib, loyihalaş işlari olib borilgan.
Qisqa muddatli inspektorlik tekşiruvi natijalariga köra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli va 2020 yil 28 maydagi 343-sonli qarorlari talablarini qöpol ravişda buzgan holda quriliş inspeksiyasini quriliş-montaj işlarini boşlaşda xabardor qilmasdan noqonuniy ravişda quriliş-montaj işlarini boşlaganligi, quriliş obektida mualliflik va texnik nazorati umuman olib borilmaganligi aniqlangan.

Şuningdek, inspeksiya inspektori tomonidan 2020 yil 11 dekabrda quriliş-montaj işlarini töxtatib, belgilangan tartibda instrumental texnik körik ötkaziş hamda tekşiruv xulosasini olib, belgilangan tartibda quriliş inspeksiyasini xabardor qilib, röyxatdan ötiş töğrisidagi berilgan 2565-sonli yozma körsatmada qayd etilgan majburiyatlarni bajarmaganligi hamda Ma'muriy-javobgarlik töğrisidagi kodeksining 99-moddasi (şaharsozlik töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş) 7-qismida körsatilgan qonunbuzarliklarni sodir etgan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda quriliş işlariga mas'ul şaxs Faxriddin Ergaşevga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-modda 7-qismini qöllab, körib çiqişi yuzasidan 14 dekabr kuni Yakkasaroy tumani Ma'muriy sudiga töplangan hujjatlar yuborilgan. Bunga qöşimça tarzda quriliş-montaj işlari töxtatilgan.









