Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi
Buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi.
Kelasi o‘quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida aytildi.
«Yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik.
Endi, kelasi o‘quv yilidan ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi», — Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning soni mingtaga yetkaziladi.
Mavzuga oid
09:10
Rahbar kadrlar sun’iy intellekt asosida saralanadi
20:52 / 15.07.2026
Prezident 2030 yilgacha 1,5 ming rahbar kadr zaxirasini shakllantirishni buyurdi
17:37 / 15.07.2026
Tadbirkorlarga Belarusdagi sheriklar bilan qo‘shma tashabbuslarni boshlash vazifasi yuklatildi
14:44 / 14.07.2026