Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada izsiz yo‘qolgan saudiyalik jurnalist o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
Turkiya politsiyasi saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilganini taxmin qilmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri va Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Turkiya politsiyasining dastlabki taxminiga ko‘ra, janob Qoshiqchi Saudiya Arabistoni konsulligida o‘ldirilgan. Fikrimizcha, qotillik qasddan sodir etilgan va jurnalistning jasadi konsullikdan olib chiqib ketilgan”, deb aytgan turkiyalik mansabdor shaxs.
WP’ning ta'kidlashicha, jurnalist joriy hafta boshida Saudiya Arabistonidan Turkiyaga kelgan, 15 kishidan iborat guruh tomonidan o‘ldirilgan. Guruh Istanbulga ikki samolyotda kelgan va jurnalist konsullikda bo‘lgan kuni u yerga yetib kelgan hamda ko‘p o‘tmay mamlakatni tark etgan. Turkiya politsiyasi bu kishilarning shaxsini o‘rganishga urinmoqda.
Saudiya Arabistoni bosh konsulligida barcha ayblovlar asossiz ekanligi aytilmoqda. U yerda Istanbulga 6 oktabrda jurnalistning yo‘qolishini tergov qilish uchun saudiyalik tergovchilar kelgani ma'lum qilingan.
Jurnalist The Washington Post uchun maqolalar yozgan va ularda Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgan. Jamol Qoshiqchi 2 oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga hujjatlarni rasmiylashtirgani kelib, izsiz g‘oyib bo‘lgan. U bilan birga konsullikka kelgan va ichkariga kiritilmagan qallig‘iga 5 soat o‘tgach bo‘lajak turmush o‘rtog‘i konsullikni tark etgani ma'lum qilingan. O‘shandan beri jurnalist va uning yaqinlari orasida aloqa yo‘q. Jurnalist 2017 yilda Saudiya Arabistoni hukumati uni hibsga olishi yoki mamlakat tashqarisiga chiqarmay qo‘yishi xavotiri bilan AQShga ko‘chib o‘tgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026